Wednesday – Charles Addams yaratgan Wednesday Addams qahramoniga asoslangan dahshatli komediya janridagi teleserial. Serial Alfred Gough va Miles Millar tomonidan yaratilgan. Bosh rollarni Jenna Ortega, Catherine Zeta-Jones, Luis Guzmán, Isaak Ordonez, Hunter Doohan, Gwendoline Christie, Riki Lindhome, Jamie McShane, Fred Armisen va Christina Ricci ijro etgan. Serialning sakkiz qismidan toʻrttasiga Tim Burton rejissyorlik qilgan. Serial sujeti oʻz maktabida dahshatli sirni bilishga intilayotgan qahramon atrofida aylanadi.

Suratga olish ishlari 2021-yil sentabridan 2022-yil martigacha Ruminiyada olib borilgan. „Wednesday“ premyerasi 2022-yil 16-noyabrda boʻlib oʻtgan. Serial chiqarilganidan keyin ikki hafta ichida ingliz tilidagi Netflix’ning eng koʻp tomosha qilingan uchinchi serialiga aylandi.

Wednesday serialining premyerasi 2022-yil 16-noyabrda boʻlib oʻtdi va 2022-yil 23-noyabrda Netflix platformasida chiqarildi. Serial tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi va Jenna Ortega ijrosi alohida maqtovga sazovor deb topildi.

Chiqarilganidan uch hafta oʻtib, serial Netflixdagi eng koʻp tomosha qilingan ingliz tilidagi seriallar orasida ikkinchi oʻringa chiqdi. Serial ikki marta Oltin globus mukofotiga nomzod boʻldi: Eng yaxshi musiqiy yoki komediya seriali va Jenna Ortega Eng yaxshi aktrisa – musiqiy yoki komediya seriali mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, serial toʻrtta Primetime Emmy mukofotini qoʻlga kiritdi va Eng yaxshi komediya seriali hamda Jenna Ortega Eng yaxshi aktrisa – komediya seriali nominatsiyalariga sazovor boʻldi.

2023-yil yanvar oyida serialning ikkinchi mavsumi suratga olindi, uning premyerasi 2025-yil 6-avgustda boʻlib oʻtdi. Ikkinchi qismi esa 2025-yil 3-sentyabrda efirga uzatilishi rejalashtirilgan. 2025-yil iyul oyida serial uchinchi mavsumi ham premyera oldi treyleri namoyish etildi..

Mazmuni Serialning bosh qahramoni – Wednesday Addams, Addamslar oilasi aʼzolaridan biri, Gomez va Morticia Addamsning yagona qizi, Nevermore akademiyasining talabasi boʻladi. U oʻzining ruhiy qobiliyatlarini egallashga, Jericho shahrini qoʻrquvga solgan maxluqning dahshatli qotilliklarini toʻxtatishga va 25 yil oldin ota-onasi aralashgan sirni aniqlashga harakat qiladi hamda bularning barchasi uning Nevermore akademiyasidagi yangi va juda chalkash munosabatlari fonida yuz beradi.

Aktyorlar tarkibi

Bosh qahramonlar

Jenna Ortega – Wednesday Addams, gʻayritabiiy kuchlarga ega boʻlgan 16 yoshli qiz. Shuningdek, Ortega mahalliy amerikalik jodugar va Wednesdayning uzoq ajdodi Goody Addams rolini ijro etadi. Karina Varadi – yosh Wednesday Gwendoline Christie – Larissa Weems, Nevermore akademiyasining direktori va Morticia Addams bilan xonadosh boʻlgan sobiq talaba. Oliver Wickhem – yosh Larissa Weems Riki Lindhome – psixolog Valeri Kibott, Jericho shahridagi terapevt doktor Jamie McShane – Donovan Galpin, Jericho shahrining sherifi, Tylerning otasi Hunter Doohan – Tyler Galpin, sherif Galpinning oʻgʻli, Wednesdayga ishqiy qizqish uygʻotgan. Dahshatli sirni saqlaydi. Percy Hynes White – Xavier Thorpe, Nevermore akademiyasining talabasi, oʻzining sanʼat asarlarini jonlantirish qobiliyatiga ega. Biancaning sobiq sevgilisi. Emma Myers – Enid Sinclair, Nevermore akademiyasining oʻquvchisi, boʻri-odam. Xonadoshi Wednesday bilan dugona boʻlishga jon-jahdi bilan harakat qiladi. Joy Sunday – Bianca Barclay, Nevermore akademiyasining aʼlochi talabasi, sirena. Xavierning sobiq sevgilisi. Georgie Farmer – Ajax Petropolus, gorgon va Nevermore akademiyasining talabasi. Naomi J. Ogawa – Yoko Tanaka, vampir. Nevermore akademiyasining talabasi Christina Ricci – Marilyn Thornhill, Nevermore akademiyasining botanika oʻqituvchisi. Moosa Mostafa – Eugene Otinger, asalarilarni boshqarish kuchiga ega. Nevermore akademiyasining talabasi.

Ikkinchi darajali rollar

Victor Dorobantu Thing rolida, qoʻl koʻrinishida, Wednesdayning qarindoshi Luyanda Unati Lewis – Nyawo – Ritchie Santiago, Sherif Galpinning oʻrinbosari Iman Marson – Lucas Walker rolida, Noble Walkerning oʻgʻli, uning oʻrtoqlari Wednesdayni tez-tez haqorat qiladi. Tommie Earl Jenkins – Noble Walker, mer va Jericho shahrining sobiq sherifi Ismail Kesu – yosh Noble Walker

Epizodlar

Isaac Ordonez – Pugsley Addams, Wednesdayning ukasi Catherine Zeta-Jones – Morticia Addams, yoshligida Nevermore akademiyasida oʻqigan, Wednesdayning onasi Gwen Jones – yosh Morticia Addams Luis Guzmán – Gomez Addams, qotillikda gumon qilingan, Wednesdayning otasi. Lucius Hoyos – yosh Gomez Addams George Burcea – Lurch, Addamslar oilasining xizmatkori William Houston – Joseph Crackstone Calum Ross – Rowan Laslow, Nevermore talabasi. Telekinetik kuchga ega Fred Armisen – Fester amaki, Wednesdayning amakisi va Gomezning akasi

Qismlar „Wednesday’s Child Is Full of Woe“ „Woe Is the Loneliest Number“ „Friend or Woe“ „Woe What a Night“ „You Reap What You Woe“ „Quid Pro Woe“ „If You Donʼt Woe Me by Now“ „A Murder of Woes“

Ishlab chiqarish Serial ustida ish boshlanishi haqidagi dastlabki maʼlumotlar 2020-yilning kuzida paydo boʻlgan. Loyihada aniq kimlar ishtirok etayotgani hali maʼlum emas edi hamda OAV Morticia va Gomez rolini Helena Bonham Carter va Johnny Depp ijro etishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan (bu maʼlumot tasdiqlanmagan).

2021-yil fevral oyida Netflix 8 qismdan iborat boʻlgan serial loyihasini rasman eʼlon qilgan. Alfred Gough va Miles Millar loyihaning bosh prodyuseri, Tim Burton esa rejissyori etib tayinlangan. Keyinchalik Jenna Ortegaga bosh rol, Catherine Zeta-Jonesga Morticia roli, Louis Guzmanga esa Gomez rollari berilgan.

Serialni suratga olish ishlari 2021-yil 13-sentabrda Ruminiyaning Buxarest shahrida boshlangan va 2022-yil 30-martda oʻz yakuniga yetgan. 17-avgust kuni Netflix oʻzining YouTube kanalida serialning birinchi tizerini chiqargan.

Maʼlumot oʻrnida: Serial suratga olingan Nevermore akademiyasi Ruminiya joylashgan tarixiy inshoot boʻlib, turistlar tashrifi uchun moʻljallangan obyekt hisoblanadi.

Musiqasi Serialda Rolling Stones tomonidan ijro etilgan „Paint It Black“, Metallicaning „Nothing Else Matters“ va Dua Lipaning „Physical“ treklari kabi bir nechta pop qoʻshiqlardan foydalanilgan.

Relizi „Wednesday“ serialining birinchi treyleri 2022-yil 17-avgustda chiqarilgan, undan soʻng toʻliq treyler 9-oktabrda namoyish etilgan. „Wednesday“ premyerasi 2022-yil 16-noyabr kuni Los-Anjelesdagi „Hollywood Legion Theater“ teatrida boʻlib oʻtgan. Uning sakkizta epizodi Netflix’da 2022-yil 23-noyabrda chiqarilgan.

Ommalashishi

Tomoshabinlar Whip Media kompaniyasi tomonidan yigʻilgan TV Time ijtimoiy televideniye tarmogʻi foydalanuvchilarining maʼlumotlariga koʻra, „Wednesday“ platformadagi har qanday Netflix original seriyasining ikkinchi eng koʻp tomosha qilish uchun oldindan obuna boʻlgan tomoshabinlari bor serial boʻlgan ("The Witcher" dan keyin). Serial ingliz tilidagi Netflix seriali uchun soatlar boʻyicha haftada eng koʻp koʻrilgan rekordga ega boʻlib, uning birinchi haftasida soatiga jami 341,2 million marta tomosha qlingan va avvalgi rekordchi „Stranger Things 4“ filmidan (soatiga 335.01 million marta) oldinga chiqib olgan. „Wednesday“ 6-dekabr kuni platforma tarixida eng koʻp tomosha qilingan ingliz tilidagi Netflix seriali sifatida uchinchi oʻrinni egallagan. „The Independent“ nashrining egasi Jacob Stolworthy serialning mashhurligini „misli koʻrilmagan“ deb atagan va bu boshqa bir nechta spin-off teleseriallarining rivojlanishini tezlashtirishi mumkinligini aytgan.

Ommaviy madaniyatda „Wednesday“ chiqqandan soʻng, Wednesday Addamsning raqsi TikTok’da muxlislar tomonidan Lady Gaga ijro etgan „Bloody Mary“ qoʻshigʻiga moslashtirilgan va raqs trendga aylangan. Trendda Kim Kardashian, Amelia Dimoldenberg, Marina Diamandis va Lady Gaganing oʻzi ham ishtirok etgan. Bu holat Spotify’da „Bloody Mary“ qoʻshigʻi tinglovlari sonining yuqori suratda oʻsishiga olib keldi. Serialning toʻrtinchi qismidagi original raqsda ijro etilgan 1981-yilgi The Cramps tomonidan aytilgan „Goo Goo Muck“ qoʻshigʻining ham mashhurligi oshib bordi. Billboard maʼlumotlariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻshiqning tinglov soni 2,500 dan 134 000 ga yetgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Addamslar oilasi Turkum:Netflix original filmlari Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular Turkum:2020-yillar teleseriallari Turkum:AQSh teleseriallari