Raúl Alonso Jiménez Rodríguez (; 1991-yil 5-mayda Meksikaning Tepeji del Rio-de-Okampo shahrida tugʻilgan) — meksikalik futbolchi. „Wolverhampton“ futbol klubi va Meksika terma jamoasi hujumchisi. 2012, 2014, 2018 va 2022-yillardagi jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Xalqaro faoliyati Raúl Jiménez Meksika yoshlar terma jamoasi tarkibida Fransiyaning Tulon shahrida boʻlib oʻtgan futbol turniriga borgan. Shuningdek, Gollandiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda gol urgan va meksikaliklarga gʻalaba qozonish imkonini bergan. Turnirda Raúl Jiménez barcha 5 uchrashuvda ishtirok etgan.

2012-yil 20-iyunda Raúl Jiménez terma jamoaning Londonda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiada oʻyinlari tarkibiga kiritilgan„Convocatoria de la Selección Mexicana para Juegos Olimpicos“. (In Spanish) Mi Seleccion. Retrieved June 20, 2012.. Raúl Jiménez Janubiy Koreyaga qarshi guruh bosqichining birinchi oʻyinida debyut qilgan„Mexico earn South Korea stalemate“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation). Retrieved 26 July 2012..

2013-yil 31-yanvarda Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Raúl Jiménez Meksika terma jamoasida debyut qilgan va ikkinchi boʻlimda Aldo de Nigris oʻrniga maydonga tushganMeksika VS. Daniya 1:1.

2013-yilda terma jamoa tarkibida Raúl Jiménez Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan. Braziliyadagi turnirda u Braziliya, Italiya va Yaponiya bilan guruh bosqichida uchta oʻyinda maydonga tushgan.

Oʻsha yili Raúl Jiménez CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda Raúl Jiménez barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan hamda Kanada va Trinidad va Tobagoga qarshi bahslarda gol urgan.

Turnirda u Braziliyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

2015-yilning yozida Raúl Jiménez Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi tarkibiga kiritilgan. Turnirda u Boliviya, Chili va Ekvador terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Chililiklar va ekvadorliklarga qarshi bahslarda Raúl Jiménez bittadan gol urgan.

2016-yilda Raúl Jiménez AQShda ikkinchi marta Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Urugvay, Yamayka va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2017-yilda Raúl Jiménez Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Yangi Zelandiya, Germaniya va Portugaliya bilan ikki marta oʻynagan. Yangi zelandiyaliklarga qarshi bahsda Raúl Jiménez gol urgan.

2018-yilda Raúl Jiménez Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Germaniya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2019-yilning yozida u CONCACAF oltin kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. Guruh bosqichida Kuba terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan birinchi o‘yinda u 31 va 64-daqiqalarda ikkita gol urgan va jamoasi bilan birgalikda g‘alaba qozongan. Guruh bosqichida Martinikaga qarshi o‘tkazilgan uchinchi o‘yinda u 61-daqiqada gol urgan. Chorak finalda Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda u o‘yinning 44-daqiqasida gol urgan va natijada jamoa g‘alaba qozongan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolC. América2011—2012182——1822012—2013391450—44142013—20143516—2237182014—201544——44Jami9636502210338Atlético de Madrid2014—20152116010281Jami2116010281S. L. Benfica2015—20162857410345122016—2017197736132112017—20183365250438Jami801819921412031Wolverhampton F. C.2018—2019381364—44172019—2020381720151055272020—202110410—1142021—202234620—3662022—20233011—41Jami12340115151015055Umumiy faoliyatida3209541143916401125

Manbalar

Havolalar

Raúl Jiménez Fulham F.C. saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Club América futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:Liga MX futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:2013-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Meksikalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar