Antoine Griezmann (; 1991-yil 21-martda Makonda tugʻilgan) – fransuz futbolchisi, hujumchisi va Atlético Madrid futbol klubi yarim himoyachisi. Fransiya terma jamoasining futbolchisi va vitse-sardori hisoblanadi. Futbolchi milliy terma jamoa tarkibida 2018-yilgi jahon chempioni va 2016-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori. EURO-2016 turnirining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan. thumb|325x325px| Antoine JCh- 2018da Fransiya gʻalaba qozonganidan keyin jahon chempionati bilan
Xalqaro faoliyati Ispaniyadagi oʻyinlari tufayli Griezmann uzoq vaqt Fransiya yoshlar terma jamoasi murabbiylarining nazaridan chetda qolgan. 2010-yilning 23-fevralida u Ukrainaga qarshi ikkita oʻrtoqlik oʻyinida qatnashish uchun Fransiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga kiritilgan. U terma jamoaga faqat 2010-yilning fevralida chaqiruv olgan. Debyut muvaffaqiyatli oʻtgan: Ukraina bilan oʻyinda Antoine 88-daqiqada gʻalaba golini kiritgan. 2010-yil 7-iyunda Griezmann 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingan. Ushbu turnirda Antoine ikkita gol urgan. Fransiya esa finalda Ispaniya terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etib, oʻz ona zaminida chempion boʻlgan.
Antoine Fransiyaning asosiy terma jamoasi safida ilk bor 2014-yilning 5-mart kuni Niderlandiya terma jamoasiga qarshi oʻynagan. Asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchi oʻyinning 68-daqiqasida zaxiraga olingan. 2014-yil 1-may kuni Paragvay terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u terma jamoadagi birinchi golini kiritgan. Yamayka terma jamoasiga qarshi kechgan 8:0 hisobidagi bahsda u dubl qayd etgan. 2014-yilgi jahon chempionatida u 5 ta oʻyin oʻtkazgan. Nigeriya terma jamoasi bilan oʻyinda 1/8 finalda bitta gol urgan. Oʻyinning 90-daqiqasida burchak toʻpidan soʻng toʻpni Karim Benzema qabul qilib olgan va Griezmannga uzoqdan uzatma bergan hamda shu tariqa futbolchi raqib darvozasini ishgʻol etgan. Chorak finalda Fransiya terma jamoasi Germaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2016-yilgi Yevropa chempionatida milliy terma jamoada oʻynab, turnirning eng yaxshi futbolchisi va toʻpurari boʻlgan. Bir turnirda oltita gol urgan Griezmann bu koʻrsatkich boʻyicha Mishel Platinidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. 2018-yilgi jahon chempionatida Griezmann Fransiya terma jamoasining tayanch oʻyinchisi boʻlib, yakunda turnir gʻolibiga aylangandi. U jamoaning barcha oʻyinlarida qatnashib, toʻrtta gol urgan, shu jumladan Xorvatiya terma jamoasi bilan final oʻyinida. Turnir yakunida Griezmann „Bronza toʻp“ni qabul qilib olgan.
2022-yil 9-noyabr kuni u Fransiya terma jamoasining Qatarda boʻlib oʻtadigan JCh-2022 oʻyinlarida ishtirok etish uchun rasmiy tarkibiga kiritilgan.
Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro turnirJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolReal Sociedad2009—201039610—4062010—201137720—3972011—201235731—3882012—2013341011—35112013—2014351773815021Jami180471458120253Atlético de Madrid2014—20153722719253252015—201638223313754322016—201736165412653262017—201832193214849292018—2019371522944821F. C. Barcelona2019—2020359449248152020—20213613857251202021—202230――30Jami742212916410235Atlético de Madrid2021—202226311943682022—20231451061216Jami22010222137232314147Umumiy faoliyatida47417148279637618235
Manbalar
Havolalar
Antoine Griezmann Atlético Madrid saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Mâcon 71 futbolchilari Turkum:Real Sociedad futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Orlando City SC futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:Designated futbolchilari (MLS) Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Fransiya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Fransiya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi