Milan Badelj ( ;1989-yil 25-fevralda Zagrebda tugʻilgan) – xorvatiyalik futbolchi, Italiyaning „Genoa“ futbol klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi hisoblanadi.

Klubdagi faoliyati 17 yoshida u Zagreb shahrining „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2011-yilda uning Moskva klublaridan biriga oʻtishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo boʻldi. 2012-yil 31-avgustda transfer oynasining soʻnggi kunida Badelj Germaniya Bundesligasining „Hamburg“ futbol klubiga oʻtdi. Transfer summasi 4,5 million yevroni tashkil qildi. 2014-yilning avgustida u „Fiorentina“ futbol klubiga oʻtdi. Ammo kelishuv tafsilotlari ommaga ochiqlanmagan. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, transfer summasi 4,0 million yevroni tashkil qilgan. 2018-yil 1-avgustda yarim himoyachi „Lazio“ futbol klubiga oʻtdi. 2019-yilning 17-fevralida „Genoa“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Badelj yangi klubi safidagi birinchi golni urdi.

Xalqaro faoliyati Futbolchi Xorvatiyaning barcha oʻsmirlar terma jamoalarida, 16 yoshdan boshlab oʻynab kelgan. U Xorvatiya yoshlar terma jamoasi safida 16 ta oʻyin oʻtkazgan. 2010-yildan boshlab u oʻz mamlakatining kattalar terma jamoasiga chaqirila boshlandi, lekin tez-tez zaxirada qolgan. Uning terma jamoadagi rasmiy debyuti 2012-yilgi Yevropa chempionati saralashida Maltaga qarshi oʻyin boʻlib, unda „Milan“ oʻzining asosiy gollari bilan hisobni ochgan.

2012-yilgi Yevropa chempionati uchun Xorvatiya terma jamoasi safida boʻlgan, lekin hech qachon maydonga tushirilmagan. U 2014-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Xorvatiya terma jamoasining tarkibiga ham kiritilgan, biroq terma jamoada birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. Fransiyada boʻlib oʻtgan 2016-yilgi Yevropa chempionatida Badelj Xorvatiya terma jamoasining barcha 4 oʻyinini asosiy tarkibda, toʻliq vaqt mobaynida oʻtkazdi va Chexiyaga qarshi oʻyinda sariq kartochka oldi.

2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionatida u Islandiya, Daniya va Angliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etdi ammo, futbolchi oxirgi ikkita oʻyinda u zaxiradan maydonga tushdi. Shuningdek, futbolchi islandiyaliklar darvozasiga gol urdi.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokYevropa chempionatiBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolLokomotiva2007—2008287———287Dinamo Zagreb2008—200931471121—5062009—2010271121112—40142010—201129683110104992011—201224362121—4262012—201321—61—82Jami113252375251018937Hamburger SV2012—2013311———3112013—201429140—203512014—20152010——30Jami62250—20692Fiorentina2014—201521130130—3712015—20162711070—3512016—20173322060—4122017—201827200——272Jami108660260—1406Lazio2018—20192311020—261Fiorentina (ijara)2019—202022120——241Genoa2020—202130110——3112021—202234120——361Jami64230——672Umumiy faoliyatida416443978053053856

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar