Sodir Erkinov — (1930, Rishton tumani, Fargʻona — 2009) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1977), professor.

Faoliyati Fargʻona davlat pedagogika universitetini tugatgan (1952). Moskva davlat universitetida aspirant (1953—1956), Qoʻqon davlat pedagogika institutida katta oʻqituvchi (1958—1962), Qoʻqon adabiyot muzeyining mudiri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti boʻlimi katta ilmiy xodimi (1962), tekstologiya boʻlimi mudiri (1976).

Uning „Lutfiy“ (1965), "Navoiy „Farhod va Shirin“i va uning qiyosiy tahlili" (1971) monografiyalari nashr etilgan.

„Asrlar osha mushoira“, „Sharq adabiyotida Farhod qissasi“, „Nizomiy Ganjaviy“ kabi kitoblar muallifi.

Mukofotlari Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Mukofoti laureati (1992).

Manbalar