Antara ibn Shaddod al-Absiy ( 525–608), ʻAntar nomi bilan ham tanilgan, islomgacha boʻlgan davrning arab ritsari va shoiri boʻlib, sheʼriyati va sarguzashtli hayoti bilan mashhur boʻlgan. Uning koʻplab she'rlari afsonaviy Ka'bada toʻxtatilgani aytilgan yettita "osilgan qasidalar" toʻplami "Muallaqat"ning bir qismini tashkil etadi. Uning hayoti haqidagi hikoya uzoq va aqlga sigʻmaydigan romantikaning asosini tashkil qiladi.
Hayot right|thumb|200x200px| Antara va Abla XIX asrda Misr tatuirovkasi naqshida tasvirlangan right|thumb|200x200px| Antaraning Abla bilan uchrashgan mashhur qoya ekanligi aytilgan yaqinda olingan surat. Saudiya Arabistonining Al Jiva shahrida olingan Antara Arabistonning Najd shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi Shaddod al-Absiy boʻlib, Zuhayr boshliqlari boʻlgan Banu Absning hurmatli jangchisi edi. Uning onasi Zabiba asli efiopiyalik ayol edi. Qora rangi tufayli “arab qargʻasi” nomini olgan Antara ham qul boʻlib oʻsgan. U amakivachchasi Ablahni yoqtirib qoladi, lekin uning mavqei tufayli unga uylanishga umid qila olmadi. U otasining xotini Shammaning ham dushmaniga aylangan.
U oʻzining ajoyib shaxsiy fazilatlari va janglarda koʻrsatgan jasorati, mohir shoir va qudratli jangchi sifatida ajralib turishi bilan yuksak e'tibor va hurmat qozonadi. Boshqa bir qabila Banu Abs yerlariga bosib olganidan soʻng u ozodlikka erishdi. Otasi unga: “Antara, jangchilar bilan jang qil”, deganida u: “Qul qanday qilib bostirib kirishni ham, himoya qilishni ham bilmaydi, faqat echki sog‘ish va xo‘jayinlariga xizmat qilish uchun yaxshi”, deya javob berdi. Otasi unga javob berdi: "Ey Antor, qabilangni himoya qil, sen ozodsan" deya uni ozod qiladi. Bosqinchilarni magʻlub etgandan keyin, u amakivachchasiga uylanish uchun ruxsat olishga harakat qila boshlaydi. Nikohga ruxsat olish uchun Antara koʻplab qiyinchiliklar bilan yuzlashadi. Antara Abs va Dubyon qabilalari oʻrtasidagi otlar musobaqasidan boshlangan urushda ham qatnashgan va ularning sharafiga Dohis va Gʻabra urushi deb nomlangan.
Uning vafot etgan sanasi haligacha noma'lum. Ibn Doreyd uni Vasr-ben-Jobir tomonidan yoki Taygaga qarshi jangda oʻldirganini aytib oʻtadi, Abu Obaydaning soʻzlariga koʻra esa, u qariganda tabiiy oʻlim bilan vafot etganini keltirib oʻtadi.
Antaraning sheʼriyati bizgacha yaxshi saqlanib qolgan. Koʻplab she'rlarining bosh mavzusi jasorat,jangdagi qahramonlik hamda uning Ablaga boʻlgan muhabbati haqidadir. Uning she'rlaridan biri afsonaviy Ka'bada toʻxtatib qoʻyilgani aytilgan " Muallakat" ga kiritilgani bilan abadiylashtirildi. Uning sheʼriyatining tarixiy va madaniy ahamiyati oʻz davridagi janglar, qurol-yarogʻlar, otlar, choʻl va boshqa mavzularni batafsil tasvirlashidan kelib chiqadi.
Meros left|thumb|200x200px| Antara ibn Shaddodning stakandagi rasmi “Antar va Abla” hikoyasi Horun ar-Rashid saroyidagi shoir al-Asmoiyga tegishli sheʼriy dostonga an'anaviy tarzda naqshlangan. U haligacha arab qahvaxonalarida anʼanaviy hikoyachilar tomonidan oʻqiladi. Uning ahamiyatini ingliz adabiyotidagi Artur romanslari bilan taqqoslanadi. Ayniqsa,uning uyi va otxonasi afsonaviy tarzda edi. Baytlahmning yetti urugʻidan biri Antara Antare nomi bilan ham atalgan. Avvalllari u tugʻilish cherkovining qoʻriqchilari sifatida folioyat yuritgan.
Rus mashhur bastakori Nikolay Rimskiy-Korsakov oʻzining 2-simfoniyasini "Antar"afsonasi asosida yozgan. 1898-yilda fransuz rassomi Etyen Dinet XIII asrda yozilgan arab dostonining Antar she'rini tarjimasini nashr etdi va bu Antar bin Shaddod she'riyatini Yevropa e'tiboriga havola etdi. Undan keyin Diana Richmondning "Antar" va "Abla" kabi bir qator lotin asarlar paydo boʻldi, bu esa Antar bin Shaddod afsonalarini gʻarbga keng yoyilishini ta'minlab berdi.Shuningdek, "Antar" - falastinlik musiqachi Mustafa al-Kurd tomonidan 1988-yilda yaratilgan birinchi Falastin operasining nomi ham hisoblanadi.
Livanlik rassom Rafik Charaf 1960-yillarda Antar va Abla dostonlari tasvirlangan bir qator rasmlarni ishlab chiqdi. Uning mintaqadagi mashhur xalq og‘zaki ijodiga qiziqishini ko‘rsatadigan bu asarlar rassom ijodida tamal toshi qoʻyilishiga katta sabab boʻldi.
Ishlar Antaraning she'rlari Vilgelm Ahlvardning " Olti qadimiy arab shoirlarining devonlari" da nashr etilgan; shuningdek, ular Bayrutda ham alohida nashr etilgan (1888). Ularning haqiqiyligiga kelsak: V. Ahlvardning Bemerkungen über die Aechtheit der alten arabischen Gedichte “Antor romantikasi” (Sirat ‘Antor ibn Shaddod) uzoq vaqtdan beri faqatgina og‘zaki rivoyat ogʻizdan ogʻizga qolgan asardir; u juda katta hajmga ega va 32 jildda nashr etildi. Qohirada (1889) 10 jildda, Bayrutda, 1871-yil. Uni qisman Terrik Hamilton “ Antar, badaviy romani” nomi bilan tarjima qilishga muvaffaq boʻlgan. Bundan tashqari, 1477-yilda Fotih Sulton Mehmed buyrugʻi asosida “Sirat Antar” turk tiliga tarjima qilingan. Uch jilddan iborat ushbu turkcha tarjimaning tarjimoni haligacha noma’lum hisoblanadi. " Qissa-i Antar " nomi bilan mashhur boʻlgan turkcha tarjimaning qoʻlyozma nusxalari Toʻpqopi saroy muzeyi kutubxonasida mavjud.
Yana qarang
Arab adabiyoti va romantik adabiyot Banu Abs Thornycroft Antar - Britaniya quvur traktori uning kuchi va chidamliligi sharafiga nomlangan
Eslatmalar
Manbalar
Baynes,T. S ed. (1878), "Antara" Encyclopaedia Britannica, New York:Charles Scrinber's Sons
Havolalar
Antaraning osilgan she'rining inglizcha tarjimasi shunga oʻxshash boshqa havola Antaraning osilgan she'ri (arabcha) Antaraning osilgan she'ri "boshqa versiya" (arabcha) Antara sher: Qahramonlarning otasi Antar of Antara, Terrik Hamilton tomonidan tarjima qilingan Abloning Antara Ibn Shaddod al-Absiy uchun nolalari
Turkum:608-yilda vafot etganlar Turkum:525-yilda tugʻilganlar