Abu Ubayda ibn al-Jarroh 584-yili Makkada shahrida tavallud topgan. Toʻliq ismlari Abu Ubayda Omir ibn Abdulloh ibn Jarroh ibn Hilol ibn Uhayb ibn Zabba ibn Horis ibn Fixr ibn Molik ibn Nazar ibn Kanona boʻlib, nasab jihatidan qurayshilardan, yettinchi boʻgʻinda ham otasi, ham onasi tomonidan Fihrda Paygʻambar bilan bogʻlanadi. Paygʻambar nasab jihatidan Gʻolib ibn Fihr avlodlaridan ,Abu Ubayda esa Xoris Ibn Fihr avlodlaridandir. Arab manbalarida u kishi baland boʻyli, ozgʻin, ochiq yuzli, siyrak soqolli odam boʻlgani qayd etiladi. Paygʻambarimiz Muhammad S. A.V jannnat bashoratini bergan oʻn sahobiydan biri boʻlgan. U kishi bilan barcha gʻazotlarda qatnashgan. Ikki ogʻli – Yazid va Umayr yosh vafot etgan.

Onasining ismi Hind binti Jobir boʻlib, nasabi Fihr ibn Molikka borib Rasulullohning bobolariga tutashadi;Abu Ubayda Urdunning (Iordaniya) Amavos degan joyda 58 yoshlarida vabo kasalidan vafot etadilar va Bason degaan joyga dafn etilgan. Abu Ubayda Islomning ilk vaqtlarida Abu Bakr Siddiq taʼsirida musulmonlikni qabul qiladi. Rasululloh u kishiga ''Bu ummatning omonatdori'' kishi Abu Ubayda JarrohdirOmonatdor kishi deganlar.'Ummatning omonatdor kishisi Forisiyani butparastlardan, Rumni jabr-zulmidan tozalagan yerida vofot topdilar. Shunda milodiy 639-yil 55 yoshda edi.

Ziyoratgoh Yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur 1401-yilda hozirgi Suriya,Iordaniya,Livan,Falastin yerlarini oʻz ichiga olgan Shom diyorini zabt etganda A.Temur Abu Ubaydan Iordaniyadag maqbarasini ziyorat qilib, xotirasiga hurmat bajo keltiradiva u zotning xokidan olib kelib Qarshi shahrida ramziy maqbarasini barpo ettiradi. Ushbu ziyoratgoh hozirgi kunda ham qad rostlab turibdi. Davlatimiz tomonidan 2012-2013- yillarda yana qayta Rekonstruksiya ishlari olib borilib kengaytirildi va obodonlashtirildi hamda foydalanishga topshirildi.

Adabiyotlar Ismoil Rayhonov. Abu Ubayda ibn al-Jarroh ziyoratgohi kitobi 2013-y. Ar-rijal Havlal-Rasul kitobi

Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Shaxsiyatlar loyihasi maqolalari Turkum:Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar