Qayrat Xudoybergenuli Abdrahmanov (1964-yil 21-aprel, Jarkent, Olmaota viloyati, Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi) — Qozogʻiston davlat arbobi, Qozogʻiston Respublikasi sobiq tashqi ishlar vaziri.

Biografiyasi 1964-yil 21-aprelda Olmaota viloyati Jarkent shahrida tugʻilgan. 1987-yili Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetini tamomlagan (oʻsha paytda M. S. Kirov nomidagi Qozoq Milliy universitetining tarix fakultetini tamomlagan.

1987-1991-yillarda Kanish Satbayev nomidagi Qozoq Milliy texnika universiteti Siyosiy tarix kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1991-1993-yillarda Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetida aspiranturada tahsil olgan. 1993-1997-yillarda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikkinchi va uchinchi darajali kotibi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 1997-yilda Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Osiyo davlatlari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. 1998-1999-yillarda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 3-departamenti direktori lavozimida ishlagan. 1999-2001-yillarda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2001-2003-yillarda Qozog‘istonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida elchi yordamchisi lavozimida ishlagan. 2003-yilda Qozogʻiston Respublikasining Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan. 2006-2007-yillarda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2007-2008-yillarda Qozog‘iston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan. 2008-2011-yillarda Qozog‘iston Respublikasining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimida ishlagan. 2013-yil 26-noyabrda Qozog‘iston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimini egalladi. 2016-yil 26-dekabrda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan. 2019-2020-yillar Qozog‘iston Respublikasining Shvetsiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimida ishlagan. 2020-yil 4-dekabrdan YeXHTning ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissari lavozimida ishlab kelmoqda.

Mukofotlar Mamlakat Sana MukofotQozogʻiston — "Hurmat" ordeniQozogʻiston — Parasat ordeniQozogʻiston 2001 „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi“ medaliQozogʻiston 2005 Qozogʻiston Konstitutsiyasining 20 yilligi medaliQozogʻiston 2005 Qozogʻiston parlamentiga 20 yillik medalQozogʻiston 2018 Ostonaning 20 yilligi medali

Manbalar

Havolalar

Davlat rahbarining farmoni (2007-yil 20 avgust) Davlat rahbarining qarori (2011-yil 24 mart) Davlat rahbarining qarori (2013-yil 26 noyabr) Davlat rahbarining Farmoni (2016-yil 28 dekabr) Ostona rivojiga qoʻshgan hissasi uchun yubiley medali

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:21-aprelda tugʻilganlar Turkum:Amanat partiyasi aʼzolari Turkum:Parasat ordeni sohiblari Turkum:Jarkentda tugʻilganlar Turkum:Ostonaning 20 yilligi medali sohiblari Turkum:Satbayev universiteti oʻqituvchilari Turkum:Qozogʻistonning Isrioldagi elchilari Turkum:Qozogʻistonlik sunniy musulmonlar Turkum:Qozoq milliy universiteti bitiruvchilari