thumb|Genri Kevil Genri Uilyam Dalglish Kevil ( 1983-yil 5-may, Sent Savier, Jersi, Normandiya orollari, Buyuk Britaniyada tugʻilgan) — britaniyalik aktyor . " Mabudlar jangi: Oʻlmaslar ", " Kun yorugʻida ", " Poʻlat odam ", " A.N.K.L Agentlari ", “Betmen Supermenga qarshi ”, “Adolat ligasi ”, “ Uddalab boʻlmas topshiriq: Oqibat ” filmlari va “Tyudorlar ” va “ Jodugar ” seriallaridagi rollari bilan tanilgan.

Dastlabki yillari Kevil 1983-yil 5-mayda Jersi orolida ( Normand orollari ) tugʻilgan va oiladagi besh oʻgʻilning toʻrtinchisi ediBarker, Andy. «Regarding Henry.» Evening Standard 24 October 2008: 49-53. Print. Retrieved 27 November 2010 from Henry Cavill Fan Gallery. . U Bukingemshirdagi Stou maktabiga borishdan oldin Sent Savier mahalliy cherkovidagi Sent-Mayklning xususiy maktabida oʻqigan va u yerda birinchi marta maktab sahna koʻrinishlarida aktyorlik faoliyatini boshlagan . Uning onasi Marianna Dalglish bankda kotiba boʻlib ishlagan. U Jersida tugʻilgan va kelib chiqishi shotland, ingliz va irlandiyalik . Uning otasi Kolin Kevil Angliyaning Chester shahrida tugʻilgan va birja brokeri boʻlib ishlagan. 2000-yilda regbi oʻynab, 16 yoshli Kevil Stou maktabida "Hayot isboti " filmi uchun suratga tushayotgan aktyor Rassell Krou bilan uchrashdi. Aktyor u bilan ba'zi aktyorlik maslahatlari bilan oʻrtoqlashdi. Keyinchalik aktyorlar Poʻlat odam filmida birga ishladilar.

Karyera left|thumb| Kevil 2009-yilda Kevilning ekrandagi birinchi koʻzga koʻrinishi " Graf Monte-Kristo " filmida boʻlgan, tez orada 2003-yilda Romola Garay bilan "Qal'ani qoʻlga olaman" modernistik filmida va 2004-yilda HDTV eksperimental "Qizil qalpoqcha" filmidagi rollar. 2005-yilda u Hellraiser 8: Hell World filmida va 2006-yilda Tristan va Izolda filmida ikkinchi drajali rolni ijro etgan.

Bundan tashqari, aktyor kastingda bir nechta muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U 2005-yilda " Garri Potter va Alanga kubogi" filmidagi Sedrik Diggori roli uchun kastingdan oʻtgan, ammo bu rol Robert Pattinsonga nasib etgan. Shuningdek, 2005-yilda Kevil Casino Royale filmidagi Jeyms Bond roli uchun koʻrib chiqildi. Prodyuserlar va rejissyor aktyor Daniel Kreyg va Sem Uortington lar oʻrtasida tanlov qilishdi, lekin Kevil u rol uchun juda yosh ekanligini tushunib yetishdi . Keyinchalik, u Edvard Kallen roli uchun kastingdan oʻtdi, lekin film boshlanganda u allaqachon 24 yoshda edi va 17 yoshli oʻsmirga oʻxshamasdi va rol yana Robert Pattinsonga tushdi .

2007-yilda Genri Kevil Showtimening " Tyudorlar " teleserialida bosh rollardan birini egalladi. U qirol Genrix VIII ning eng yaqin do‘sti va kuyovi Charlz Brendon rolini o‘ynadi. 2009-yilda u Joel Shumaxerning " Qonli Krik " qoʻrqinchli filmida bosh qahramonlardan biri Evan Marshallni oʻynadi. Shuningdek, oʻsha yili u Vudi Allenning " Nima boʻlsa boʻlar " filmida kichik rol oʻynadi.

2008-yil boshida Kevil Dunhill Britaniya parfyumining yuziga aylandi.

2010-yilda Kevill 2011-yil kuzida chiqqan yangi mifologik katta byudjetli film “Mabudlar Jangi: Oʻlmaslar" filmida Tesey rolini ijro etdi. thumb|Kevil 2016-yilda 2011-yil 30-yanvarda Genri kastingdan muvaffaqiyatli o‘tgani va 2013-yil 14-iyunda chiqqan Zak Snayderning yangi “ Po‘lat odam” filmida Supermen rolini olganini ma’lum qildi .

2012-yilda Cavill GQ jurnalining "50 ta eng zamonaviy britaniyaliklar" roʻyxatiga kiritilgan . 2013-yil dekabr oyida u Britaniyaning Glamour jurnali tomonidan "Dunyoning eng kelishgan odami" deb topildi . Oʻsha yili Empire jurnali uni "2013 yilning eng kelishgan 100 ta kino yulduzi" roʻyxatida 3-oʻringa qoʻydi .

2013-yil 20-iyulda rejissyor Zak Snayder Komik-kon ko‘rgazmasida “Po‘lat odam” filmining davomi “ Betmen Supermenga qarshi” filmi suratga olinishini, Genri esa Supermen rolini qayta ijro etishi haqida e’lon qildi . 2017-yil 16-noyabrda Kevil ishtirokidagi “ Adolat ligasi ” deb nomlangan so‘nggi kino komiksi chiqdi.

2018-yilning noyabr oyida u Berlindagi tantanali marosimda GQ "Yil odami" mukofotini oldi.

2019-yilda Netflix seriali The Witcher ya'ni Jodugar chiqdi, unda Genri bosh rolni oʻynadi . 2019-yilning 27-iyunida Kevil Legendary Entertainment’ning Milli Bobbi Braun ishtirokidagi Enola Xolms filmida Sherlok Xolms rolini o‘ynashi e’lon qilindi . 2021-yilning 13-mayida uning Enola Xolms 2 filmidagi roliga yana qayta qaytishi e’lon qilindi. 2021-yilning 21-mayida Kevilning “ Highlander ” filmini qayta ishlanishida ya'ni remeykida bosh rolni o‘ynashi ma’lum bo‘ldi, garchi uning roli hali noma’lum boʻlsada . Kevil rejissyor Metyu Vonning yangi josuslik filmi Argayl ga qoʻshiladi. Xuddi shu oyda u Stiv Folk rejissyori boʻlgan va avstraliyalik yozuvchi Grem Simsion tomonidan yozilgan shu nomdagi kitobga asoslangan The Rosie loyihasi film adaptatsiyasida rol oʻynashi Deadline maqolasida tasdiqlangan.

2022-yilda Kevil oʻzining Instagram sahifasida Mass Effect 3 oʻyinidagi voqealarni tasvirlaydigan matnni ushlab turgan fotosuratini joylashtirdi. Shu sababli, aktyor Amazon Kino-Kompaniyasi tomonidan chiqadigan serialda serial bosh qahramoni Kapitan Shepard rolini oʻynashi haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Intervyuda Genri oʻyinni adaptasiyasida ishtirok etishga qarshi emasligini, faqat serial syujeti yaxshi boʻlsagina bunga roziligini aytib oʻtdi .

2022-yil oktyabr oyida Kevil Gay Richchining “Jentlmen emaslar vazirligi toʻpoloni ” filmida bosh rolga o‘ynagani ma’lum bo‘ldi.

Shahsiy hayoti 2009-yilda Genri Kevil britaniyalik chavandoz bilan uchrashishni boshladi. . Ular 2011-yilning may oyida unashtirilgan. Biroq, er-xotin 2012-yil may oyida ajralishdi . 2013-yilning yozida Genri aktrisa Keyli Kuoko bilan uchrashdi ( Katta portlash nazariyasi seriali), ammo bu ishqiy munosabatlar juda tez tugadi (bir necha haftadan keyin). 2021-yil aprel oyida u Natali Viskuso (Gollivudda filmlar ishlab chiqaruvchi Legendary Entertainment televidenie va raqamli studiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti) bilan munosabatlarini Instagram akkauntida ular birga shaxmat o‘ynagan joyni joylashtirish orqali tasdiqladi . 2021-yil may oyida shaxsiy hayoti haqidagi mish-mishlarni toʻxtatish uchun u yana Viskuso bilan tushgan fotosuratni joylashtirdi va izohda "sevgi va hayotda juda baxtliman" deb yozdi.

Genri Kevil Durrell nomidagi Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasining matbuot kotibi sanladi .

Kevil bolaligidan ishtiyoqli geymer edi . U bir marta World of Warcraft oʻyini tufayli Supermen roliga oʻynash taklifini ya'ni muhim qoʻngʻiroqni oʻtkazib yuborgan. The Witcher (Jodugar) oʻyiniga boʻlgan muhabbat uni serial adaptatsiyasida Geralt rolini oʻynashga undadi. U, shuningdek, oʻzining sevimli oʻyinlaridan biri sifatida Total War strategiya oʻyinlari seriyasi ekanligini aytib oʻtdi . Mass Effect oʻyinlari seriyasiga ham befarq emas edi. U oʻyinni barcha qismlarini oʻynab chiqgach, oʻyin haqida juda xushomadgoʻy izoh qoldirdi .

U Kanzas Siti Chiefs klubi muxlisi. Kevil regbi muxlisi va oʻz klubi Jersi Reds uchun mavsumiy chipta egasi

Eslatmalar

Havolalar

Turkum:Britaniyalik erkak film aktyorlari Turkum:XXI asr hind aktyorlari Turkum:Britaniyalik televideniye aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:5-mayda tugʻilganlar