Christopher Paul "Chris" Colfer - amerikalik aktyor va qoʻshiqchi. U Glee teleserialidagi Kurt Hummel roli bilan omma nazariga tushgan. U 1990-yil 27-mayda Kaliforniyaning Fresno shahrida tugʻilgan. 2 ta Emmi mukofotiga nomzod boʻlgan va 1 ta Oltin globusni qoʻlga kiritgan.

Colfer Time jurnali tomonidan 2011 yilgi TIME 100 roʻyxatida dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb topilgan.

Bolalik va maktab yillari Kolfer Klovis Kaliforniyada Karin va Tim Kolfer oilasida tugʻilgan ya'ni irlandiyalik. U shunday dedi: "Men goʻzal irlandiyalikman, mening butun oilam irlandiyalik va Avliyo Patrik kuni mening uyimda ajoyib nishonlanadi". U 7-sinfning yarmini va 8-sinfni uyda oʻqitish orqali tugatdi, chunki uni maktabda juda koʻp mazah qilishardi.

Colfer Clovis Sharqiy oʻrta maktabida oʻqiyotganida, u munozaralar klubida qatnashgan va koʻplab musobaqalarda yuqori sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Oʻrta maktabning yuqori sinflarida u Svini Toddning barcha rollarni teskarisiga moslashtirgan filmida yozgan, rejissyorlik qilgan va bosh rolni ham ijro etgan.

Manba

Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar