Maximiliano „Maxi“ Rubén Rodriguez (; 1981-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik sobiq futbolchi. La Fiera (inglizcha yirtqich hayvon) laqabi bilan tanilgan. Odatda ikkala qanotda ham qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, ammo u yarim himoyachi sifatida ham harakat qila olar edi.
Rodriguez Ispaniyaga 20 yoshida koʻchib kelgan va oʻzining professional faoliyatining asosiy qismini shu yerda oʻtkazgan. "Espanyol" va „Atletiko Madrid“ klublarida ham oʻynagan. La Ligada 8 mavsum davomida 232 ta oʻyin oʻtkazib, 58 ta gol urgan. Angliyaning "Liverpul" jamoasida ham ikki yil faoliyatini o‘tkazdi. Maxi Newell’s Old Boys" klubi safida oʻz faoliyatini yakunladi.
11 yil davomida Argentina milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan Rodriguez 3 ta jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
Newell’s va Espanyol Rosario (Santa-Fe) shahrida tugʻilgan Rodriguezning dastlabki faoliyat yillari Primeraning „Newell’s Old Boys“ jamoasi yoshlar tarkibida oʻtgan. U Ispaniyaga koʻchib oʻtishdan oldin klub bilan uch mavsum oʻyinlarida ishtirok etgan.
2002-yilda Rodriguez La Liganing RCD Espanyol jamoasiga oʻtdi, uning ligadagi debyuti 2-sentabr kuni "Real Madrid" klubiga qarshi (0:2) oʻyinda kechdi. U kataloniyaliklar bilan har mavsumda 37 ta oʻyin oʻtkazgan va oxirgi mavsumida 15 ta gol urgan.
Atletico Madrid 2005-2006-yilgi mavsum boshida, Rodriguez 5 million yevro evaziga Atletiko Madrid klubi safiga koʻchib oʻtdi. Oʻzining ikkinchi mavsumida jamoadoshi (qanot himoyachisi) Martin Petrov bilan bir qatorda tizzasidan jiddiy jarohat oldi (oldingi xoch ligamenti), bu esa uning oʻnta uchrashuvda maydonga tushmasligiga sabab boʻldi.
2009-yil 10-noyabrda, Rodriguez Ispaniya kubogi 1/8 final javob o‘yinida „UD Marbella“ klubiga qarshi oʻyinda to‘rtta gol urdi va yakunda uning jamoasi 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. 2007-yilda Fernando Torres Liverpul klubi safiga oʻtganidan soʻng, u yangi klub sardori etib tayinlandi.
Liverpool left|thumb|292x292px| Rodriguez "Liverpul" bilan mashgʻulot oʻtkazmoqda,2011-yil 2010-yil 13-yanvarda, Rodriguez „Liverpul“ klubiga erkin agent sifatida uch yarim yillik shartnoma asosida oʻtdi. Rafael Benitez uni „toʻpni qulay uzata oladi va egalik qila oladi“ deb taʼrifladi. Futbolchiga 17-raqamli futbolka berildi. Premer liga oʻyinida, Stoke City klubiga qarshi ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib, oʻz debyutini amalga oshirdi. Uning birinchi toʻliq starti bir yarim hafta oʻtib, safarda "Wolverhampton Wanderers" klubiga qarshi oʻyinda (0:0) kechdi.
Rodriguez oʻzining birinchi oʻyinlarida ikkita assistentlik qildi, ikkalasi ham Atletikodagi sobiq jamoadoshi Torresga qarata uzatilgan edi. U 2010-yil 25-aprelda, Turf Moor stadionida „Byornli“ klubi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, toʻliq 90 daqiqa oʻynab, oʻzining birinchi golini kiritdi.
2010-2011-yil Rodriguez uchun yaxshi mavsum boʻldi, jamoa uchun oʻnta gol urdi, jumladan, Birmingham City (5:0 uydagi gʻalaba) va Fulham (Kreyven Kottejda 5:2) bilan oʻyinlarda xet-trik qayd etdi.
2011-yil 8-iyulda, Rodriguez raqamini 11 ga almashtirdi. Ko‘p o‘tmay, Malayziya bilan mavsumoldi o‘rtoqlik o‘yinida ikkita gol urdi. 24-avgust kuni Liga Kubogida, Exeter City klubi bilan oʻyinda jamoasi safarda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
2011-yilning 20-noyabrida, Rodriguez jamoadoshi Craig Bellamy bilan yaxshi oʻyinlar oʻtkazdi va "Chelsi" klubi darvozasiga gol urdi, „Liverpul“ klubini "Stamford Bridge" stadionida 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. To‘qqiz kundan so‘ng, o‘sha raqibga qarshi, o‘sha maydonda va yana uelslik futbolchining hal qiluvchi uzatmasi bilan uning jamoasi Liga kubogida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
2011-yil 26-dekabrda, Rodriguez "Enfild" stadionida „Blackburn Rovers“ klubiga qarshi oʻyinda (1:1) mavsumdagi ikkinchi liga golini urdi.
Janubiy Amerikaga qaytish 2012-yilning 13-iyulida, 73 ta rasmiy o‘yin va urilgan 17 goldan so‘ng Rodriguez „Liverpul“ni tark etdi va o‘zining birinchi professional klubi „Newell’s Old Boys“ safiga qaytdi. Ketish oldidan „qizillar“ muxlislariga ochiq xat yozib, ikki yarim yillik faoliyatida qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.
2012-yilning 5-avgustida, klubni tark etganidan keyin birinchi oʻyinini „Atletico Independiente“ jamoasiga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir uning mamlakatida futbol „o‘n yil avvalgidan ham yomonroq“ edi. 2013-yil iyun oyida, jamoaga Torneo finalida gʻalaba qozonishda yordam berdi va yil oxirida Argentina futbolining sobiq direktorlari tomonidan Alumni unvoni bilan taqdirlandi.
2017-yilning iyul oyida, 36 yoshli Maxi Urugvayning „Penarol“ klubiga oʻtdi. Montevideodagi har ikki mavsumida ligada gʻolib chiqqanidan soʻng, 2018-yilning soʻnggi kunlarida, 18 oylik shartnoma asosida yana Newell’s safiga qaytdi.
2021-yilning 27-noyabrida, o‘zining so‘nggi o‘yinida, „Atletico Banfield“ klubiga qarshi o‘z uyida olqishlarga sazovor bo‘lgan holda, 40 yoshida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Biroq keyingi yanvar oyida oʻzining bolalikdagi doʻsti va Newell’s klubidagi jamoadoshi, ushbu klub prezidenti Ignacio Scocco bilan birga Liga Venadense de Fútbol (Santa-Fe provinsiyasidagi mintaqaviy futbol ligasi)dagi Hughes Foot Ball klubi safiga qoʻshildi.
Milliy terma jamoa safidagi faoliyati Rodriguez 2001-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Argentinaning 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilari bilan oʻz maydonida gʻolib chiqdi va yettita oʻyinda toʻrtta gol urdi. 2003-yilning 8-iyunida, Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida to‘liq tarkibda debyut qildi va o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
2005-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi tarkibiga kirganidan soʻng, Rodriguez 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatiga bosh murabbiy Jose Pekerman tomonidan chaqirilgan. 16-iyun kuni Argentinaning guruh bosqichida Serbiya va Chernogoriya ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida ikkita gol urgan. 1/8 finalda Meksikaga qarshi qo‘shimcha bo‘limda gol urdi. FIFA tomonidan oʻtkazilgan norasmiy onlayn soʻrovnomada bu gol turnirning eng yaxshi goli deb topildi. thumb| Rodriguez (chap tomonda) 2010-yilgi Jahon chempionatida Germaniyaga qarshi oʻyinda 2006-yil 30-iyun kuni, Argentina Germaniyaga qarshi chorak final o‘yinida mag‘lub bo‘lgach, Rodriguez raqibi Bastian Schweinsteigerga musht tushirdi. FIFA uni 5000 CHF miqdorida jarimaga tortdi va 2007-yilgi Amerika Kubogidagi ikkita oʻyinga chetlatdi. Biroq, 2006-yil oktabr oyida, Ispaniya bilan oʻrtoqlik oʻyinida tizzasidan jiddiy jarohat olganidan soʻng, qitʼa musobaqasini oʻtkazib yubordi.
Rodriguez Diego Maradonaning Argentina terma jamoasi boshqaruvidagi ilk oʻyinida gol urdi. 2010-yil 19-mayda, Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan 2010-yilgi Jahon chempionati uchun 23 nafar oʻyinchidan iborat tarkibga kiritildi va besh kun oʻtgach, final oldidan soʻnggi uy oʻyinida Kanada darvozasiga ikkita gol urdi.
2014-yil iyun oyida, JCH 2014 uchun Argentina tarkibiga kiritildi. Oʻz jamoasining dastlabki oʻyinida, Bosnia va Hersegovinani Estádio do Marakanada 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, birinchi boʻlimda Gonzalo Higuain oʻrniga maydonga tushdi. Gollandiyaga qarshi yarim finalda yana maydonga tushdi va penaltilar seriyasida hal qiluvchi zarbani amalga oshirib, jamoasini finalga olib chiqdi.
Shaxsiy hayoti Rodriguez hamkasblari Alexis Rodriguez va Denis Rodriguezning amakivachchasi hisoblanadi. Uchalasi bir vaqtning oʻzida Newell’s safida oʻynagan.
Boshqa faoliyatlar 2009-yilda „Atletiko“dagi jamoadoshi Diego Forlan bilan birga Koti musiqiy videosida koʻrinish berdi.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub +Klub safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalarKlubMavsumLigaKubokMintaqaviyJamiDivizyonOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarNewell’s Old Boys1999-2000Argentine Primera División600000602000-0118500001852001-02331500003315Jami572000005720Espanyol2002-03La Liga37700003772003-0437400003742004-05371500003715Jami11126000011126Atlético Madrid2005-06La Liga2910200031102006-0710600001062007-083583010248102008-09336208443102009-101422581248Jami121329526715644Liverpool2009-10Premier League17100001712010-112810106035102011-121249200216Jami5715102607317Newell’s Old Boys2012-13Argentine Primera División285101134082013-142291052281120141711100018112015291000002910201616413001772016-172691000279Jami138485316515956Peñarol2017Uruguayan Primera División156000015620182465350349Jami391253504915Newell’s Old Boys2018-19Argentine Primera División7332001052019/202361330036920200013231163202130000030Jami339297316517Umumiy statistikasi55616258205613670195
Terma jamoa safida Yillar boʻyicha oʻyinlar va gollar: Yil Oʻyinlar Gollar 2003 2 0 2004 2 0 2005 7 1 2006 7 4 2007 4 1 2008 5 2 2009 7 1 2010 6 2 2011 0 0 2012 4 0 2013 7 3 2014 5 1 Jami 56 15
Argentina hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisoblar ustuni Rodriguezning har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi. Belgisi ‡ penaltidan urilgan gollarni bildiradi.
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2005-yil 17-avgust Ferens Pushkash, Budapesht, Vengriya 1 — 0 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2. 2006-yil 16-iyun FIFA WM Stadion, Gelzenkirxen, Germaniya 1 — 0 6-0 2006 FIFA Jahon chempionati 3. 3 — 0 4. 2006-yil 24-iyun Zentralstadion, Leyptsig, Germaniya 2 — 1 2-1 2006 FIFA Jahon chempionati 5. 2007-yil 22- avgust Ullevaal, Oslo, Norvegiya 1 — 2 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi 6. 2008-yil 4-iyun Qualcomm, San-Diego, Amerika Qoʻshma Shtatlari 3 — 0 4-1 7. 2008-yil 19- noyabr Hampden Park, Glazgo, Shotlandiya 1 — 0 1-0 8. 2009-yil 28- mart El Monumental, Buenos-Ayres, Argentina 3 — 0 4-0 2010 yilgi jahon chempionati saralashi 9. 2010-yil 24- may 1 — 0 5-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 10. 2 — 0 11. 2013-yil 10- sentabr Defensores del Chaco, Asunsion, Paragvay 5 — 2 ‡ 5-2 2014-yilgi jahon chempionati saralashi 12. 2013-yil 15- oktabr Sentenario, Montevideo, Urugvay 1 — 1 2-3 13. 2 — 2
Yutuqlari Liverpool
Futbol Liga kubogi: 2011-12 Angliya kubogi sohibi: 2011-12
Newell’s Old Boys
Argentina Primera divizioni: 2013-yil finali
Peñarol
Urugvay Primerasi: 2017, 2018-yil Urugvay Superkubogi: 2018-yil
Argentina U20
FIFA U-20 Jahon chempionati: 2001-yil
Argentina
FIFA Jahon kubogi finalchisi: 2014-yil FIFA Konfederatsiyalar kubogi sohibi: 2005-yil
Shaxsiy
Ispaniya Kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2009-2010 Argentinaning eng yaxshi futbolchisi: 2013 Argentina Primera divizyonining eng yaxshi toʻpurari: 2014
Manbalar
Havolalar
Liverpool historic profile
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentina U20 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentina yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Santa-Fe, Rosario shahri futbolchilari Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar
Turkum:2005-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar