thumb Poshsha Mahmudova (1918-2006.12.04) – sovet davlat va iqtisodiyot arbobi.

Tarjimayi holi Xorazm viloyati hozirgi Gurlan tumani hududida, kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. KPSS aʼzosiarchontology.org, soviet_uzbekistan, 00.1938.9.

11 yoshidan dalada mehnat qila boshlagan.1934-1951 yillarda Gurlan rayonidagi V. I. Lenin nomli kolxozda zveno boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. 1938 yilda Gurlan rayon ijroiya qoʻmitasi raisi, 1940 yilda Xorazm viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi etib tayinlangan Luchshie lyudi nashey strani – kandidati v deputati Verxovnogo Soveta SSSR // Pravda Vostoka. – 1946.1.02. – № 23. – S. 3..

1942 yildan Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisining oʻrinbosari. 1943 yilning 28 fevralidan 21 martiga qadar Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi vazifasini bajargan, soʻngra 1946 yilga qadar yana oʻrinbosar sifatida faoliyatni davom ettirgan. 1937 yilda 1 chaqiriq SSSR Oliy Sovetiga saylangan ilk xorazmlik deputatBirinchi deputat huzurida // Sovet Oʻzbekistoni. – 1970.1.02. – № 26. – B.3... SSSR Oliy Sovetining II chaqiriq deputati.

Fidokorona mehnatlari tufayli 1938 yilda Lenin ordeni va „Hurmat belgisi“ ordenlari bilan taqdirlangan.Birinchi deputat huzurida // Sovet Oʻzbekistoni. – 1970.1.02. – № 26. – B.3. Manbalar

Turkum:Deputatlar Turkum:Xorazm viloyat ijroiya qoʻmitasi raislari Turkum:Oʻzbekiston SSR tuman ijroiya qoʻmitalari raislari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisining oʻrinbosarlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar