Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishgandan soʻng oradan oʻtgan uzoq davr mobaynida ular integratsiyasi deyarli rasmiyatchilikdan iborat boʻlib, yagona bozor, bojxona ittifoqi va yagona valyutaning shakllanish jarayoni esa deklarativ boʻlib qolayotgan edi. Mintaqada yetakchilik uchun raqobatning kuchayib borgani milliy identitetni shakllantirish maqsadida umumiy tarixni oʻz millatini ustun qoʻygan holda talqin qilish, mamlakatlar islohotlar jarayonini sinxronlashtirish oʻrniga turli islohot modellarini tanlashi ularni bir-biridan tobora uzoqlashtira boshladi va mintaqaviy hamkorlikni kun tartibidan chetga surib qoʻydi. Qayd etish joizki, integratsiya jarayoni „Turkiston — umumiy uyimiz“ shiori ostida amalga oshirila boshlagan edi. Bu mintaqada tashkil topgan chegaralardan emas, aksincha, XX asr boshlaridagi hali milliy milliy-hududiy chegaralar tortilmasidan burungi davrdan kelib chiqib qilingan ish edi.

Integratsiya bilan bogʻliq voqealarning rivojida mintaqaga tashqi faktorlar — oʻyinchilarning eʼtibori oshishi rol oʻynadi. Masalan, Rossiya mintaqaga yaqin xorij/postsovet makonining bir boʻlagi deb qaragan va bu yerda oʻz taʼsirini tiklashga urinayotgan edi. AQSH uzoq yillar mobaynida Afgʻonistonni mintaqaning bir qismi deb hisoblovchi „Katta Markaziy Osiyo“ konsepsiyasini va „Janubiy va Markaziy Osiyo“ konsepsiyasini ilgari surib keldi. Xitoy esa ikki tomonlama munosabatlar oʻrnatishni afzal bildi, mintaqaviy yondashuvni ishlab chiqishga unchalik qiziqish bildirmadi. Markaziy Osiyodagi beshta davlatni birlashtiruvchi mintaqaviy tuzilma yoʻqligi sabab ushbu jugʻrofiy makonda turli integratsiya va muloqot platmorfalarining turli-tuman mozaikasi shaklllandi. Mintaqa integratsiyasining yangi va eski muammolari Biroq yaxshi qoʻshnichilikning ilk quvonchli alomatlari paydo boʻlishi bilanoq mintaqa mamlakatlari dastlabki muammolarga duch keldi. Mintaqani necha oʻn yillik boʻlaklanishdan keyin jugʻrofiy siyosat subyekti sifatida tiklash unchalik ham oson ish emasligi koʻzga tashlanib qoldi. Markaziy Osiyo miqyosida fikrlash va beshlik formatida ishlash koʻnikmasi yoʻqligi hamkorlik samaradorligiga putur yetkazmoqda. Markaziy Osiyo respublikalari yaqinda bir jamoada oʻynay boshlagan, ammo maydonda bir-birini tushunib oʻynay olmasdan muammolarga duch kelayotgan futbol jamoasini esga soladi.

Mintaqa mamlakatlariga hali ham ikki tomonlama formatda muloqot qilish qulayroq. Bunday format afzal koʻrilayotganining sababi shuki, barcha mamlakatlarga davlat boshqaruvining vertikal va muayyan shaxsga bogʻliq tizimi xos boʻlib, muloqot formati davlat rahbarlari oʻrtasidagi shaxsiy munosabatlarga bogʻliq boʻlib qolmoqda. Lekin tarix shundan dalolat beradiki, bu Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik uchun omonat poydevor hisoblanadi. Oqibatda ikki tomonlama munosabatlar holati mintaqaviy hamkorlikka bosim oʻtkazmoqda. Siyosiy elita ikki tomonlama munosabatlar darajasidagi bahslar sabab mintaqaviy hamkorlik kun tartibini mensimaslikni odatiy hol deb biladi. Masalan, Turkmaniston prezidenti qozogʻistonlik hamkasbi bilan ixtilofi sabab davlat rahbarlarining Ostonadagi ilk uchrashuviga bormadi. 2019-yil martida Toshkentda oʻtkazilishi moʻljallangan ikkinchi uchrashuv bir necha marta nomaʼlum muddatga kechiktirildi. Bunga sabablar sifatida Qirgʻiziston bilan Tojikiston oʻrtasidagi chegarada vaziyatning chigallashuvi hamda Turkmaniston bilan Tojikiston oʻrtasida tranzit bilan bogʻliq mojaro koʻrsatildi. Qizigʻi shundaki, shu paytgacha besh davlat rahbari toʻliq tarkibda uchrasha olgani yoʻq, chunki Toshkentdagi uchrashuvda Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qatnashmagan edi. Uning oʻrniga „Elboshi“ (sobiq prezident) Nursulton Nazarboyev ishtirok etdi. Garchi u uchrashuv obroʻsini oshirgan boʻlsa-da, hujjatlarga qoʻl qoʻyish uchun qonuniy vakolatga ega emas edi.

Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan aloqalari ham bu borada jiddiy ahamiyat kasb etadi. Rasman olib qaraganda, Oʻzbekistonning ushbu tashkilotga potentsial kirishi Markaziy Osiyodagi muloqot jarayoniga zid boʻlmaydi. Biroq roʻy berayotgan voqealar Moskvaning 2005-yildagi xatti-harakatlarini va Markaziy Osiyo mintaqasi kun tartibini Yevroosiyo mintaqasiga oid kun tartibiga oʻzgartirishga urinishlarini esga solmoqda. Oʻzbekistonning YEOIIga toʻlaqonli aʼzo boʻlib kirishi mintaqani „makromintaqaviy“ jarayonga tortishi va Markaziy Osiyo vektorini ikkinchi darajali masalaga aylantirib qoʻyishi mumkin.

Ushbu muammolar mintaqaviy hamkorlik mohiyatini avvalgidek niyatlar haqidagi bayonotlarga aylantirib qoʻyishi mumkin. Muloqotning mintaqaviy formati hali-hanuz barqaror maromga ega boʻlmadi, oʻrta muddatga moʻljallangan harakatlar rejasi ham yoʻq. Shuning uchun rasmiy bayonotlar doʻstona ekaniga qaramasdan, siyosiy ayonlar oʻzini butun boshli mintaqa vakillari sifatida tanitishdan uzoq. Ular hali ham bir-birini xabardor qilgan holda harakatlanishni boshlashi qiyin boʻlyapti, ikki tomonlama munosabatlardagi hal etilmay qolib ketayotgan muammolar nafaqat vaqti-vaqti bilan vaziyat taranglashuviga sabab boʻlmoqda, qolaversa, mintaqa darajasidagi muloqotlarga toʻsqinlik qilmoqda. Oqibatda mintaqa identitetini tiklash jarayoni joyida depsinib qolmoqda.

Mintaqaviy hamkorlik boʻyicha kun tartibi ikkinchi darajali masala boʻlib qolayotgani mavjud holatni ham koʻrsatib bermoqda. Koronavirus pandemiyasi — COVID-19 boshlangandan beri mintaqa mamlakatlari koʻplab ikki tomonlama maslahatlashuvlar oʻtkazdi hamda turli yirik mintaqaviy platformalarning (MDH, Turkiy kengash) onlayn majlislarida ishtirok etdi. Ayni choqda ular epidemiyaga qarshi kurash va uning oqibatlarini tugatish borasida birgalikda harakat qilish masalalarini muhokama etish uchun Markaziy Osiyo beshligi doirasida birorta ham uchrashuv oʻtkazmadi. 250px|thumb|right|Markaziy Osiyo 250px|thumb|right|Markaziy Osiyo 250px|thumb|right|Markaziy Osiyo 250px|thumb|right|Markaziy Osiyo 250px|thumb|right|Markaziy Osiyo XIII asr 250px|thumb|right|Markaziy Osiyo 1914-yil 250px|thumb|right|Markaziy Osiyo 1920-yil 250px|thumb|right|Markaziy Osiyo 2019-yil Markaziy Osiyo — Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy mintaqa. Maydoni 6 mln. km². Shimoliy va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Shinjon, jan va boshqalar. esa Tibet hududidagi Sangpo (Brahmaputra) daryosi va Hind daryosining yuqori qismi bilan oʻralgan. M. O. dengiz sathidan ancha baland joylashgan. Relyefi kenglik boʻylab choʻzilgan togʻ tizmalari (Mongoliya Oltoyi, Xangay, Xentey, Tyan-shan, Nanshan, Kunlun) va keng hamda ancha chuqur botiklar (Jungʻoriya, Gʻarbiy Mongoliyadagi Katta Koʻllar soyligi, Tarim, Saydam)dan iborat. Ayrim joylarida mutlaq balandlik dengiz sathidan past (mas, Turfon botigʻi — 154 m). Qum va shagʻalli baland tekisliklar, kichik togʻ koʻp. Iqlimi hamma yerda keskin kontinental, choʻl iqlimi; yogʻin kam, yiliga oʻrtacha 100–200 mm, markaziy qismlarida 10–30 mm, chekkalarida 300– 400 mm, janubi-sharqida, Tibet togʻlarining chetlarida 1000 mm va undan ham koʻproq. Qishda antitsiklon taʼsirida qattiq sovuq boʻladi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —25°, eng past temperatura —50°, —52°. Tyan-shan, Nanshan, Qoraqurum togʻlarida muzliklar bor. Selenga, Irtish, Xuanxe, Yanszi, Brahmaputra, Hind, Mekong, Tarim, Xaydikgol, Kobdo, Tes, Manas, Urungu, Edzin-gol daryolari togʻlardan boshlanadi. Chuchuk suvli eng katta Xubsugul oqar koʻlining maydoni 2620 km², eng chuqur joyi — 238 m. M. O.da Gobi, Taklamakon, Alashan va boshqa choʻllar katta maydonni egallagan. Choʻl va chala choʻllar baland togʻlargacha koʻtarilib boradi. Balandlik mintaqalari Nanshanning sharqiy qismida, sharqiy Tyan-shanning shim. yon bagʻirlarida va Mongoliya Oltoyining jan.-gʻarbiy yon bagʻirlarida uchraydi. Xangay, Xentey togʻlari va Tibet togʻligining jan.-sharqiy chetlarida anchagina oʻrmonlar bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Markaziy Osiyo deganda, Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar: Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston nazarda tutiladi. Sovetlar davrida bu hududga Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston atamasi qoʻllangan. Lekin, 1991-yilda mustaqillikka erishilgandan keyin, ham ushbu davlatlar, ham horijiy davlatlar Markaziy Osiyo atamasini qoʻllana boshlashdi. 1992-yilda besh davlat rahbarlari rasmiy uchrashuvida Markaziy Osiyo atamasini qabul qilishdi. Hozirda, bu atama dunyo hamjamiyati tomonidan qabul qilingan. Aksariyat xalqaro tashkilot va tadqiqot institutlarida, Markaziy Osiyo boʻlimlari ochilgan. Lekin, geografik nuqtai nazardan yondoshilsa, Markaziy Osiyoga Afgʻoniston, Moʻgʻuliston va Xitoyning Uygʻur viloyatlari ham kiradi. Bundan tashqari „Greater Central Asia“ yoki, Kengroq Markaziy Osiyo atamasi boʻr. Bu hududga, bazi siyosatchilar va tadqiqotchilar, ushbu zikr etilgan davlatlardan tashqari, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, hatto Hindistonning bazi qismlarini ham qoʻshishadi. Markaziy Osiyo darajasida, maʼlum bir maʼnoda hududiy hamkorlik harakatlari ham mavjud. Bu harakatlarning misolida Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkilotini ham koʻrsatish mumkin. Lekin, hozirgacha bunday harakatlarda maʼlum bir tartiblilik va davomiylik boʻlmadi.

Boy berilgan regionalizmni izlab