Nayef Aguerd (; ; 1996-yil 30- martda tugʻilgan) – Marokashlik professional futbolchi, La-liga vakili „Real Sociedad“ klubi va Marokash milliy terma jamoasida markaziy himoyachi ampulasida oʻynagan. Undan tashqari FUS Rabat, Dijon va Renn klublarida ham faoliyat yuritgan.

Klublardagi faoliyati

Erta faoliyat Aguerd oʻzining futbolchilik faoliyatini Muhammad VI Futbol Akademiyasida boshlagan. 2014-yilda Botola shahrida FUS Rabat bilan birinchi professional shartnomasini imzolashdan oldin klub havaskorlari bilan bir mavsum oʻynadi. FUS Rabatdagi birinchi mavsumida Olympique Club de Khouribga klubiga qarshi final oʻyinida yutqazgan. 2015-yilning 15-fevralida, „Wydad AC“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:1) jamoadagi ilk golini kiritdi. 3-mart kuni UMS de Loum klubiga qarshi oʻyinda (1:1) qitʼadagi birinchi golini urishga muvaffaq boʻldi.

Dijon Toʻrt mavsumdan soʻng Liga 1 ning Dijon klubi safiga qoʻshildi. 2018-yilning 25-avgustida „Nice“ klubiga qarshi oʻyinda (4:0) „Dijon“ bilan professional debyut qildi va debyutida jamoasining birinchi golini kiritdi .

Rennes 2020-yil 14-avgustda, Aguerd Liga 1 jamoasi Renn bilan 4 million yevrodan 5 million yevrogacha boʻlgan shartnoma imzoladi. Klub safidagi ilk golini „Nice“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritdi, oʻyin 3:2 hisobidagi magʻlubiyat bilan yakunlandi. 2020-yil 13-sentabrda, Aguerd oʻzining birinchi ligadagi golini Nimes klubiga qarshi oʻyinda (4:2) kiritdi.

2021-yil 17-mayda Liga 1da Afrika milliy futbol jamoasini ifodalovchi eng yaxshi futbolchi sifatida Prix Mark-Vivien Foe musobaqasida 11-oʻrinni egalladi. 2021-yil 19-avgust kuni Aguerd boshi bilan „Rosenborg“ klubiga qarshi oʻyinda (2:0) Yevropadagi ilk golini urdi. Bir hafta oʻtgach, Aguerd 2021-22 yilgi UEFA Yevropa konferensiya ligasi pley-off bosqichida „Rusenborg“ga qarshi javob oʻyinida yana gol urdi. 2022-yil 16-mayda, Aguerd Prix Mark-Vivien Foe uchun Liga 1ning eng yaxshi afrikalik futbolchisi sifatida 3-oʻrinni egalladi.

West Ham United 2022-yil iyun oyida, Aguerd „West Ham United“ bilan 30 million funt sterling evaziga besh yillik shartnoma imzoladi. Uning transferi Sebastien Haller, Felipe Anderson va Kurt Zouma dan keyin eng qimmat transfer boʻldi. 16-iyul kuni Aguerd „bolgʻachilar“ safidagi debyutini oʻtkazdi. Oʻzining ikkinchi oʻyinida, 19-iyul kuni "Reynjers" klubiga qarshi mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinida toʻpigʻidan jarohat oldi. 19-oktabr kuni jarohatidan uch oy oʻtib jamoa bilan mashgʻulotlarga qaytdi. 27-oktabr kuni Yevropa konferensiya ligasi doirasida „Silkeborg“ klubiga qarshi oʻyinda „West Ham United“da debyut qildi va uning jamoasi 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Xalqaro martaba Aguerd Marokash terma jamoasidagi debyutini 2016-yilning 31-avgustida Albaniya bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (0:0) oʻtkazdi. 2018 Afrika Millatlar kubogida Marokash vakili boʻlib, oʻz mamlakatiga birinchi CHAN unvoniga erishishda yordam berdi. 2021-yil 6-sentabrda Aguerd 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Sudanga qarshi oʻzining birinchi golini urdi.

Keyinchalik uni Vahid Halilhodzic 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Marokash vakili sifatida taklif qildi. Gabonga qarshi oʻyinda (2:2) avtogol muallifiga aylandi.

2022-yil 10-noyabrda, Marokashning 2022-yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi. Aguerd Romain Saiss bilan birga himoyada duet qildi va Marokashning jahon chempionatida yarim finalga chiqishida muhim rol oʻynadi. Biroq Fransiyaga qarshi hal qiluvchi oʻyinni jarohati tufayli oʻtkazib yubordi va oʻyindan oldin asosiy tarkibda qayd etilganiga qaramay, oʻyinga bir necha daqiqa qolganida maydonga tusha olmasligi maʼlum boʻldi.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub

+Klub safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiMintaqaviyJamiDivizyonOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarFUS Rabat2014-15Botola Pro12100——1212015-1618200——1822016-1720210—212332017-1822000——220Jami725100021756Dijon2018-19Ligue 11333010—1732019-2012100——121Jami254301000294Rennes2020-21Ligue 135310—303932021-2231200—92404Jami6651000122797West Ham United2022-23Premier League1000102040Umumiy statistikasi16414502016318717

Terma jamoa safida

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Marokashning gollari roʻyxatini koʻrsatadi:

+Nayef Aguerd tomonidan kiritilgan terma jamoa safidagi gollar roʻyxati № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 6-sentyabr Prince Moulay Abdulloh stadioni, Rabat, MarokashSudan 1-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari FUS Rabat

Botola: 2015-16 Taxt kubogi sovrindori: 2015

Marokash

Afrika Millatlar chempionati: 2018

Shaxsiy

IFFHS CAF Yilning eng yaxshi erkaklar jamoasi: 2020

Manbalar

Havolalar

Nayef Aguerd West Ham United F.C. saytida

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Marokashlik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Muhammad VI futbol akademiyasi futbolchilari Turkum:Fath Union Sport futbolchilar Turkum:Dijon FCO futbolchilar Turkum:Stade Rennais FC futbolchilar Turkum:West Ham United F.C. futbolchilar Turkum:Real Sociedad futbolchilar Turkum:Botola futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Marokashlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari Turkum:Marokash milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari