"Yeyishga nonlari boʻlmasa, shirin kulcha yesinlar!" ( „brioches yesinlar“) — monarxlarning xalq muammolaridan uzoqlashib ketganligini anglatuvchi fransuzcha ramziy ibora. Bu ibora Mariya Antuanettaga tegishli, ammo uni birinchi marta Jean-Jacques Rousseau oʻz nutqida qoʻllagan degan taxminlar ham mavjud.
Iboraning paydo boʻlish tarixi Ushbu ibora birinchi marta Jean-Jacques Rousseau tomonidan (1766-1770) tilga olingan. Biroq, u hozirgi davrda tushuniladigan maʼnodan biroz yiroq boʻlgan. Russeauning soʻzlariga koʻra, bu iborani yosh fransuz malikasi aytgan, keyinchalik mashhur mish-mishlar va koʻplab tarixchilar yozuvlaridan bu malika Mari-Antuanetta (1755-1793) ekanligi maʼlum boʻlgan. right|thumb|250x250px| right|thumb| Mariya Antuanetta Vige-Lebrun portretlaridan birida Baʼzi manbalar iqtibos muallifligini boshqa fransuz qirolichasi — Maria Theresia bilan bogʻlaydi, u buni Louis XVIning rafiqasidan yuz yil oldin aytgan deb taxmin qilinadi. Xususan, Provans grafi bu haqda oʻz xotiralarida ham aytib oʻtgan. 18-asrning boshqa memuaristlari bu iborani ilk mualliflari sifatida Louis XV ning qizlarini koʻrsatishadi.
Xitoy tarixida shunga oʻxshash afsona bor: „Szin Kitobi“ (易經) da yozilishicha, Szin sulolasi imperatori Huìdìga mamlakatdagi tartibsizliklar tufayli xalq guruchsiz qolgani va ochlikdan oʻlishayotganini xabar qilishadi. Imperator esa, bunga javoban: Guruchlari yoʻq boʻlsa, goʻshtli qiyma yeyishsa boʻlmaydimi?" deb javob beradi.
Havolalar
Turkum:Qanotli iboralar