Futzal boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi — futzal boʻyicha xalqaro musobaqalar va oʻrtoqlik oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiluvchi ayollar terma jamoasi. Jamoa Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) shafeligida musoboqalarda ishtirok etadi. Terma jamoa oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini 2005-yilda oʻtkazgan. Jamoaning eng katta yutugʻi 2005-yilgi Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritish edi.

Musoboqalarda ishtirok O‘zbekiston terma jamoasi Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarining 4 ta turnirida qatnashib, 2 ta medalni qo‘lga kiritdi. 2005-yilda ular asosiy guruhda gʻalaba qozonishdi va finalda Tailand ustidan gʻalaba qozonishdi. Oradan 2 yil oʻtib, ular yana oʻz guruhida gʻalaba qozonishdi, ammo bu safar yarim finalda Tailandga magʻlub boʻlishdi. 3-o‘rin uchun o‘tkazilgan bahsda ular Vetnamni qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng mag‘lub etib, ikkinchi medalni qo‘lga kiritdi, bu safar bronza. Keyingi ikkita turnirda, 2009 va 2013-yillarda ular birorta ham gʻalaba qozona olishmadi va asosiy guruhdan joy olishdi.

Jamoa Osiyo chempionatining har ikkala turnirida ham ishtirok etgan. 2015-yilgi birinchisida u asosiy guruhda yakunlangan boʻlsa, 3 yildan soʻng Tailandda boʻlib oʻtgan turnirning chorak finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi va unda Yaponiyaga yutqazib qoʻydi.

Natijalar

Yopiq Osiyo oʻyinlari

YilZVRPHisob+/−Natijalar 2005440019:9 +10 1-oʻrin 2007421114:8 +6 3-oʻrin 200920024:11−7Guruh bosqichi 201330122:14−12Guruh bosqichi 2017ishtirok etmagan

Osiyo chempionati

YilZVRPHisob+/−Natijalar 201531028:21−137-oʻrin 201831026:15−98-oʻrin

Yana qarang

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi

Manbalar

Havolalar

Oʻzbekiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti (oʻzbek tilida)/ (rus tilida) Oʻzbekiston futzal assotsiatsiyasi (ingliz tilida) / (rus tilida) / (oʻzbek tilida) Osiyo futbol federatsiyasi saytida 2018 yilgi Osiyo chempionatidagi jamoaning profili Jamoa oʻyinlari futsalplanet.com saytida

Turkum:Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi Turkum:O‘zbekistonda ayollar futzali