Abdulloh ibn al-Muborak (hijriy 118 milodiy 726–797; arabcha: عبد الله بن المبارك) Hishom ibn Abdulmalik davrida tugʻilgan. Abdulloh ibn Muborak oʻzining xotirasi va ilmga boʻlgan gʻayrati, hadis (muhaddis) toʻplashi va zohidligi bilan mashhur boʻlgan ilk taqvodor musulmon edi. U amir al-moʻminin fi al-hadis unvoniga sazovor boʻlgan. Uning otasi Muborak Xurosonlik boʻlib, Hamadxon shahridagi Bani Xonala qabilasidan boʻlgan arab savdogarining mijozi (mavoli) boʻlgan, onasi esa xorazmlik ekani aytiladi. Muborak keyinroq savdogarning qizi Hindga uylandi. Aytishlaricha, Abdulloh ibn Muborak oʻz shahri Marvni tark etib, Hamadxonda yashab, Bagʻdodga tez-tez tashrif buyurgan hamda maʼzuralar qilgan. Imom Ahmad Abdulloh ibn Muborak haqida quyidagicha fikr bildirgan: „ Ilm talab qilish uchun safarga undan ko‘ra ishtiyoqmandroq odam yo‘q“. Ustozlari orasida Sufyon Savriy va Abu Hanifa boʻlgan. U „Kitob al-jihod“ nomli ilk musulmonlarning urush haqidagi hadis va so‘zlaridan iborat to‘plam va „Kitob az-zuhd va ar-raqo‘iq“ nomli zohidlik haqida kitob yozgan. U shuningdek, Tarsus va al-Masisa chegaralarida islom chegaralarini himoya qilish bilan mashhur boʻlgan va keyinchalik Horun ar-Rashid davrida, 797-yilda Furot yaqinidagi Xitda vafot etgan.

Ishlari U samarali ijod qilgan yozuvchi sifatida taʼriflanganAlexander Knysh, Islamic Mysticism: A Short History, BRILL (2015), p. 21 Abdulloh ibn al-Muborakning asarlari asosan, yoʻqolgan boʻlib, ularga quyidagilar kiradi:

Kitob al-Arbaʼin — آﺘبﺎ اﻷرﺑﻌﻴﻦ Kitob al-jihod — آﺘبﺎ اﻟﺠﻬدﺎ Kitob al-Isti’don — آﺘبﺎ اﻻﺳﺘﺌﺬنا Kitob al-Birr va as-Silah — آﺘبﺎ اﻟﺮﺒ واﻟﺼﺔﻠ (Taqvo, odob va rishtalarni saqlashning fazilatlari haqida kitob) Kitob at-Tarix — آﺘبﺎ اﻟﺘﺎرﻳﺦ (Tarix kitobi) Kitob al-Daqoʻiq fi ar-Raqoʻiq — آﺘبﺎ اﻟﺮﻗﺎﺋﻖ ﻲﻓ اﻟﺮﻗﺎﺋﻖ (Yurakni yumshatuvchi kitoblar) „Kitob Riqaʼ al-Fatova“ — آﺘبﺎ رﻗعﺎ اﻟﻔﺘﺎوى (Islomiy hukmlar kitobi) Kitob az-Zuhd va ar-Raqoʻiq — آﺘبﺎ اﻟﺰهﺪ واﻟﺮﻗﺎﻖﺋ Kitob al-Sunan fil-Fiqh -آﺘبﺎ اﻟﺴﻨﻦ ﻲﻓ اﻟﻔﻘﻪ Kitob al-Musnad — آﺘبﺎ اﻟﻤﺴﺪﻨ Kitob Tafsir al-Qur’on — آﺘبﺎ تفسير القرآن

Manbalar

Turkum:797-yilda vafot etganlar Turkum:726-yilda tugʻilganlar Turkum:Sunniy imomlar Turkum:Sunniy soʻfiylar Turkum:Hadis allomalari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari