Muḥammad ‘Āshiq Ilāhī Bulandshahrī Muhājir Madanī hindistonlik mashhur islom ulamosi. Muhammad Zakariyo Qandhlaviyning shogirdi boʻlgan.
Biografiyasi
Oshiq Ilohiy 1924 yoki 1925-yilda (hijriy 1343-yil) Britaniya Hindistonining Bulandshahr shahrida tug‘ilgan. Hijriy 1363-yilda Mazohir ulumni bitirgan. Oshiq Ilohiy taʼlimni tamomlagach, turli hind madrasalarida dars berdi va hijriy 1384-yilda Muhammad Shofiy Devbandiy iltimosi bilan Pokistonga koʻchib oʻtdi. Dorul ulum Karachida o‘n ikki yil davomida tafsir va hadis ilmidan dars bergan. Hijriy 1396-yilda Madinaga koʻchib oʻtgan va 2002-yilda shu shaharda vafot etgan. Al Boqiy qabristoniga dafn etilgan.
Asarlari
Oshiq Ilohiy quyidagi asarlarni muallifi hisoblanadi:
Tohfa-e-Khawateen. Marne Ke Baad Kya Hōga? Islami Adab. Huququl Walidayn. Anwar Ul Bayan (Muftiy Afzal Xusen Elias tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan Qur'onning 5 jildli urducha tafsiri). Zadut Talibin (Abdur Rahmon ibn Yusuf Mangera tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan, asar sharhini ham yozgan). Al Fawa’idul Saniyya fi Sharhul Arba'een un Nawawiyya. At Tashil ud Daruri fi Masa’ilul Quduri.
Manbalar
Turkum:Hanafiylar Turkum:Islom ulamolari