Furqat Ahmedovich Siddiqov — oʻzbek diplomati, texnolog. 2015—2020-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi. 2023-yil 3-martdan Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi .
Biografiyasi 1971-yil 7-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Taʼlim
1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini biladi.
Mehnat faoliyati
1993-1995 — „UzDaewoo Electronics“ qo‘shma korxonasi katta mutaxassisi.
1995-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi.
2002-2007 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi attashesi.
2007-2011 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi.
2011-2015 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi birinchi kotibi.
2015-2020 — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2020-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
2022-2023 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosariBiografiyasi.
2023-yil 3-martdan — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi. 1-may kuni AQSh Prezidenti Joe Bidenga ishonch yorligʻini topshirdiFurqat Siddiqov Jo Baydenga ishonch yorligʻini topshirdi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonning AQShdagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Pokistondagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar