Hamdam Aliqulovich Qarshiyev (1970-yil, 29-sentyabr, Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) — O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar bo‘yicha vazir o‘rinbosari general-mayor. 1997-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — huquqshunoslik, boshqaruv mahorati. Mehnat faoliyatini 1987-yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida boshlagan. 2015-yil 27-avgustida Oʻzbekiston prezidenti farmoniga binoan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Faoliyati

1991—1992-yillarda Toshkent shahar Olmazor tumani IIB patrul-post xizmati rotasi militsioneri; 1992—1997-yillarda shahar Olmazor tumani IIB navbatchi yordamchisi; 1997—2001-yillarda — Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘linma tergovchisi; 2001—2004-yillarda Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi narkotrafik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘linmasi katta tergovchisi; 2004—2007-yillarda Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi narkotrafik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘linmasi bo‘linma boshlig‘i; 2007—2009-yillarda Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari; 2009-yilda Toshkent shahar Yakkasaroy IIB tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari — tergov bo‘limi boshlig‘i; 2009—2013-yillarda Transportda IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — tergov bo‘limi boshlig‘i; 2013—2016-yillarda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan; 2016—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy taʼminlash departamenti direktori (bir vaqtning oʻzida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzosi ham); 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi boshligʻi; 2018—2019-yillarda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondoni; 2019—2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshlig‘i); 2021-yildan O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisining o‘rinbosari; 2022-yildan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;

Mukofotlari

2012-yilda „O‘R IIB aʼlochisi“ ko‘krak nishoni; 2015-yilda „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist“ faxriy unvoni; 2018-yilda III darajali „Namunali xizmatlar uchun“ ko‘krak nishoni; 2019-yilda II darajali „Namunali xizmatlar uchun“ ko‘krak nishoni; 2020-yilda I darajali „Namunali xizmatlar uchun“ ko‘krak nishoni; 2020-yilda „Mehr-saxovat“ ko‘krak nishoni; 2021-yilda „Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi“ ko‘krak nishoni; 2021-yilda „Mudofaa vazirligi aʼlochisi“ ko‘krak belgisi; 2021-yilda „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni 2021-yilda II darajali „Shon-sharaf“ ordeni; 2022-yilda „O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi“ esdalik nishoni

Manbalar

Turkum:29-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Shahrisabz tumanida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yuristlar