Said ibn Omir ad-Dabaʼi al-Basriy Abu Muhammad, Bani Ajifning mavlosi (hijriy 122 — 208-yillar)Veb manbasi|url=https://tarajm.com/people/15886|qaralgan sana=2021-09-26/. Hadis roviylaridan biri boʻlib, uni siyqa deyishgan. Said ibn Omir hijriy 208- yil shavvol oyida, 86 yoshida vafot etgan.
Hadis ilmidagi faoliyati
Said ibn Omir ad-Dabaʼi al-Basriy Anas roziyallohu anhudan Shabil ibn Azro roziyallohu anhudan, shuningdek, Habib ibn ash-Shahid, Muhammad ibn Amr ibn Alqama, Yunus ibn Ubayd, Said ibn Abu Oruba, Hamid ibn al-Asvad, Hammom ibn Yahyo, Solih ibn Rustam va boshqa bir qancha kishilardan rivoyat qilgan. Rivoyat qilganlar: Ali ibn Al- Madiniy , Ahmad Yahyo ibn Mu’in , Ibn Rahavayh, Bandar, Darmi , Abdu ibn Homid, Mahmud ibn Gʻaylon, Abdulloh ibn Muhammad ibn Mudar at-Saqafiy, Al-Horis ibn Abu Usama, Muhammad bin Ahmad bin Abu Al-Avom, Ahmad bin Al-Furat Al-Roziy va boshqalar.
U haqida olimlarning fikrlari
Abu Hotem ar-Roziy: „Solih inson, uning hadislarida xatolar bor boʻlsada, u rostgo‘y kishi“. Ahmad ibn Al-Furot ar-Roziy: „Basrada unga oʻxshaganini koʻrmaganman“. Ahmad ibn Solih Al-Jiliy: „Ishonchlillikda xalqning tanlovi“. Ibn Hajar al-Asqaloniy: „Solih va ishonchli“. Ziyod ibn Ayyub Dalvayh: „Basrada unga oʻxshaganini koʻrmaganman“. Abdul Boqiy bin Qana al-Bagʻdodiy: „Ishonchli“. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy: „Siyqa“. Muhammad ibn Saʼd, " Al-Voqidiy: „ Solih ishonchli“. Yahyo ibn Said Al-Qatton: „Qirq yil Misrda hadis shayxi boʻldi“. Yahyo ibn Moin: „Ishonchli“. Veb manbasi|url=https://tarajm.com/people/15886|qaralgan sana=2021-09-26/
Turkum:Muhammad Alixon madrasasida tahsil olganlar Turkum:Muhammad Aminxon madrasasida tahsil olganlar