Abdurashid ibn Abu Hanifa an-Nuʼmon ibn Abdurazzoq ibn Abdulloh al-Valvolijiy (Abul Fath, Zahiruddin) — fozil imom va hanafiy faqih bo‘lgan. U hijriy 467-yilda tavallud topgan. Samarqandda yashagan, shu yerda hadis eshitgan va rivoyat qilgan. Bir muddat Keshda yashagan, keyinroq esa Samarqandga ko‘chib o‘tgan. Balxda fiqh ilmini o‘zlashtirgan. Balx va Buxoroda ulamolardan hadislar eshitgan, ulamolar undan hadislar rivoyat qilganlar. Uning „al-Fatovo al-valvolijiya“ („Valvolijiy fatvolari“) degan asari bor.
Abdurashid al-Valvolijiy hijriy 540-yil vafot etgan.
Manbalar