Abdulg‘afur ibn Luqmon ibn Muhammad (Tojuddin) al-Kardariy (Abulmafoxir) – usuliyotchi faqih bo‘lgan. Halabda qozilik mansabini egallagan va shu shaharda vafot etgan. Halabdagi “Madrasatu-l-haddodiyn” – „Temirchilar madrasasi“da mudarrislik ham qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.

Abdulgʻafur al-Kardariy hijriy 562-yilda vafot etgan. Asarlari „al-Intisor li-Abi Hanifa fi axborihi va aqvolihi“ („Abu Hanifaning g‘alabasi yo‘lidagi uning xabarlari va so‘zlari haqida kitob“) „al-Mufiyd fi sharhi-t-tajriyd“ (“at-Tajrid” asarining sharhi haqida foydali kitob) “Sharhu-l-jomiʼi-s sag‘iyr” („Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniyning „Kichik to‘plami“ga sharh“) „Sharh ala-t-tajriyd“ (“at-Tajrid”ga sharh, muallif uni al-Mufiyd va-l-maziyd („Foydali va Ziyoda izohli kitob“), deb nomlagan) – mazkur ikkala asar ham hanafiy fiqhning sohalariga oiddir „Kitob fi usuli-l-fiqh“ („Fiqh usuli haqida kitob“) “Hayratu-l-fuqaho” („Faqihlarning hayratlanishi“)

Manbalar