Abdurrahmon ibn Hasson ibn Sobit ( – Abu Saʼid Abdurrahmon ibn Hasson ibn Sobit al-Xazrajiy al-Ansoriy) – tobeʼin, shoir.

Hayoti va faoliyati Paygʻambarning shoiri Hasson ibn Sobitning oʻgʻli, onasi paygʻambarning zavjasi Moriya­ning singlisi Siriyn boʻlgan. Paygʻambar davrida tugʻilgani uchun sahoba boʻlgani aytilsa-da, koʻpchilik ulamolar uni tobeʼin hisoblaganlar. Umrining koʻp qismini tugʻilgan joyi Madinada oʻtkazgan. Qisqa muddat Damashqda ham yashagan.

Ayrim shoirlar bilan she’r musobaqalarida qatnashib, baʼzi-baʼzida otasidan yordam olgan. Muoviya davrida yozgan hajviy sheʼrlari bilan umaviylar tanqidiga uchragan. Muoviyaning qizi Ramla haqida aytgan sheʼrlari tufayli uni hajv qilgan Yazidni oʻz raddiyasi bilan yenggan. Bunga chiday olmagan Yazid otasining vazminlik bilan ish tutishni maslahat berishiga qaramay, nasroniy shoir Axtaldan yordam soʻragan. U esa himoya qilinishiga kafolat olgach, Abdurrahmon ibn Hasson ibn Sobit shaxsiyati ostida ansorlarni hajv qilgan. Axtalning bu hajvi musulmonlarni qattiq ranjitgan.

Asari Sheʼrlari Somiy Makkiy al-Oniy tomonidan „Shi’r Abdurrahmān bin Hassān al-Ansārӣ“ nomi bilan nashr qilingan (Bagʻdod 1971 y.).

Adabiyotlar

Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1388/1968. V, 266; VIII, 212, 215; Jumahiy. Tabaqāt fuhӯl ash-shu’arā. – Qohira: 1394/1974. I, 150, 461-466; Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. – Qohira: 1390-93/1970-73. III, 434-436; Az-Zahabiy. Siyar. V, 64-65; Ibn Hajar. Al-Isāba. – Qohira: 1328. III, 67; Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VI, 162-163; Umar Farrux. Tarӣx al-adab al-’arabӣ. I, 313, 384, 414-417, 518, 555-556; Yosin al-Ayyubiy. Mu’jam ash-shu’arā. – Bayrut: 1982. 258; Salahattin Polat. „Abdurrahman b. Hassân b. Sâbit“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 164.

Manbalar