Ali ibn Muhammad al-Imroniy as-Saraxsiy ar-Rais (Abul Hasan) Sulton Sanjar ibn Malikshoh davrida uning ko‘magiga sazovor bo‘lgan va obro‘-eʼtibori oshgan. So‘ngra esa omadi kelmay hibsga olinib, Marvning Shayx qishlog‘ida qatl etilgan. Milodiy 1150-yil (hijriy 545-yil)da unga nisbatan Sultonning fikri o‘zgargan. Asarlari „Sha-moriyxu-d-durar fi-t-tafsiril-oyot va-s-suvar“ („Oyat va suralar tafsirida javohirlar sarasi“) „Ishtiqoq asmoi-l-movoziʼ va-lbuldon“ („Joylar va mamlakatlar nomlarining etimologiyasi“) Uning bir qancha sheʼriy asarlari ham bor.
Manbalar
Turkum:1150-yilda vafot etganlar