Anna Axmatova koʻchasi — Sergeli tumani hududida. Yangi Sergeli va Fayzli koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1,5 km.
1988-yil 29-iyulda yangi koʻchaga Ikkinchi Jahon urushi davrida Toshkentda yashab ijod qilgan, taniqli rus shoirasi Anna Axmatova nomi qoʻyilgan. Koʻcha yoʻnapishida Sergeli tuman hokimligi, „Yangi Sergeli“ nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, sport majmuasi, sanoat korxonalari mavjud.
Yana qarang Toshkent koʻchalari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Toshkent koʻchalari