Abu Ahmad al-Iyoziy ( ) — hanafiy faqihi.
Abu Mansur al-Moturidiyning ustozi Abu Nasr al-Iyoziyning o‘g‘li. Al-Moturidiyning shogirdi bo‘lgan. „Dor al-Juzjoniyya“dan yetishib chiqqan. Al-Moturidiydan tahsil olgan va mashhur faqih darajasiga ko‘tarilgan. Abu-l-Mu’in an-Nasafiy „Tabsira al-adilla“ asarida Abu Ahmad al-Iyoziyni katta maqtovlar bilan tilga oladi.
Iqtiboslar An-Nasafiyning taʼkidlashicha, Movarounnahr va Xurosonda „Sadr al-fuqaho“ unvoniga ega bo‘lgan olim Abu Hafs al-Ajaliy al-Buxoriy shunday degan:
Lekin baʼzi olimlar Abu Ahmad al-Iyoziy haqida salbiy fikrlar ham bildirgan. Muhammad ibn Ibrohim al-Hasiriy (vafoʻeshJ 1107-yil (hijriy 500-yil) „Al-Hāvӣ fi-l-fatāvā“ nomli asarida quyidagi rivoyatni keltiradi:
Al-Hasiriy Abu Ahmad al-Iyoziy haqida yana bir rivoyat keltirgan:
Lekin, o‘sha qozi al-Hakim as-Samarqandiy Abu Ahmad al-Iyoziyning otasi Abu Nasr al-Iyoziyni qattiq hurmat qilgan va uni ko‘kka ko‘tarib maqtagan. Xususan, Abu-l-Mu’in an-Nasafiyning „Tabsira al-adilla“ asarida al-Hakim as-Samarqandiy Abu Nasr al-Iyoziyni quyidagicha maqtov bilan tilga olganini keltirish mumkin:
Ibn Zakariyo ham, al-Hakim as-Samarqandiydan farqli o‘laroq, Abu-l-Mu’in an-Nasafiy kabi Abu Ahmad al-Iyoziy haqida iliq fikrlarni bildirgan va uni ibodat masalasida mujtahid olim sifatida eʼtirof etgan.
Fikrimizcha, al-Hakim as-Samarqandiyning rivoyati sahih bo‘lsa, Abu Ahmad al-Iyoziy dastlab olimlar orasida maqtalib kelingan va keyinroq tanqidga uchragan bo‘lishi mumkin. Chunki u o‘z otasi kabi juda yoshligidanoq ilmda mashhur bo‘lgan. Shuning uchun ham shuhrat va mansabga ruju qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Chunki Abu Ahmad al-Iyoziyning otasi Abu Nasrni maqtab tilga olgan al-Hakim as-Samarqandiy Abu Ahmad al-Iyoziyni asossiz tanqid qilishi mantiqdan yiroqdir.
„Dor al-Iyoziyys“ maktabi Abu Ahmad al-Iyoziy „Dor al-Juzjoniyya“ maktabiga muxolif ravishda „Dor al-Iyoziyya“ nomli maktab tashkil etadi. Abu Ahmad al-Iyoziy bunday yo‘l tutishiga sabab u „Dor al-Juzjoniyya“ning asosiy vakili hisoblangan ustozi Abu Mansur al-Moturidiydan tazyiqqa uchragan.
Adabiyotlar
S. Oqilov. Abul Muin an-Nasafiy ilmiy merosi va moturidiya taʼlimoti. — T.: „Muharrir“, 2009; S. Oqilov. Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy merosi va moturidiya taʼlimoti. — T.: „Hilol-nashr“, 2017; Ibn Zakariyo Yahyo ibn Ishoq. Sharh jumal usӯl ad-dӣn li-Abӣ Salama as-Samarqandӣ. — Istanbul: Sulaymoniya kutubxonasi. Qo‘lyozma. Rais al-kuttob. Inv. raqam 690; Abu-l-Mu’in Maymun ibn Muhammad an-Nasafiy. Tabsira al-adilla fӣ usӯl ad-dӣn. — Damashq: 1990-1993; Muhammad ibn Ibrohim al-Hasiriy. Al-Hāvӣ fi-l-fatāvā. — Istanbul: Sulaymoniya kutubxonasi. Qo‘lyozma. Hakim o‘g‘li Ali Posho. Inv. raqam 402.
Manbalar