Behzod Toir oʻgʻli Toʻxtamurodov (Беҳзод Тоир ўғли Тўхтамуродов) – oʻzbekistonlik texnolog, davlat va jamoat arbobi. 2022-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi.

Biografiyasi 2018-yilda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining „Mexanika“ fakulteti bakalavr bosqichini, 2020-yilda shu fakultet magistratura bosqichini tamomlagan.

2018—2020-yillarda Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining Mashinasozlik va materialshunoslik laboratoriyasida faoliyat yuritgan.

2020-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktorining tijoratlashtirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2019-yil dekabrda „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashiga deputat etib saylandi.

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi etib saylangan. 2022-yil 8-may kuni Yoshlar parlamenti raisi etib saylandi.

2024-yil 27-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasiga yagona saylov okrugi boʻyicha deputat etib saylandi. Ayni paytda innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosiToʻxtamurodov Behzod Toir oʻgʻli.

Loyihalari 2015-yilda texnologik sohalarda faoliyat yurituvchi „InnoGroup“ startap loyihasini boshlagan. Jamoa 3D-printerlarni ishlab chiqarish, 3D-laboratoriya xizmatlarini koʻrsatish va polimerni eritish usulidan foydalangan holda 3D-printerlar uchun filoment ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. 3D modellashtirish, dizayn, marketing, ishlab chiqish va boshqa sohalardagi mutaxassislardan iborat.

2018-yilda „StartUp tashabbusi“ yoshlar startup loyihalarini qoʻllab-quvvatlash Respublika dasturida birinchi, Belarus Respublikasi muhandislik va texnologiya universitetlarining VIII forumida ikkinchi oʻrinni olgan. 2019-yil „StartUp tashabbusi“ yoshlar startup-loyihalarini qoʻllab-quvvatlash Respublika dasturida va Belarus Respublikasida boʻlib oʻtgan IX muhandislik va texnologiya universitetlari forumida birinchi oʻrinni olgan.

„UzDelta“ 3D-printer loyihasini ishlab chiqqanligi uchun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan 1 milliard soʻm ajratilgan.

Mukofotlari 2019-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan.

Yana qarang Alisher Saʼdullayev Dilnozaxon Kattaxonova Olimjon Toʻychiyev

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining V chaqiriq deputatlari