Musnad Ahmad ibn Hanbal (arab. مسند أحمد بن حنبل) - musulmon olim, hanbaliy mazhabining asoschisi Ahmad ibn Hanbal (vaf. 241 hijriy/855 milodiy) tomonidan tuzilgan musnad hadislar to‘plamidir.
Tavsif Shomila kutubxonasining fikricha, yigirma yetti mingdan ortiq hadisni o‘z ichiga olgan ushbu asar islom tarixidagi eng yirik hadis to‘plamlaridan biridir. Unda “Ash’arai mubashshara”dan boshlab, har bir sahoba tomonidan rivoyat qilingan hadislar jamlangan. Bu ularning mavqeini va Muhammad (s.a.v.)ning hadislarini saqlab qolish uchun qilgan sa’y-harakatlarini ko‘rsatadi.
Ba’zilar Ahmad ibn Hanbal o‘z kitobiga quyidagicha izoh bergan deyishadi:“Men bu kitobga har bir hadisni faqat ba’zi ulamolar uni dalil sifatida keltirgan bo‘lsalargina kiritdim”.
Nashrlar Asar dunyoning ko‘plab tashkilotlari tomonidan nashr etilgan, jumladan:
“Musnad Imom Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbal”. Noshir: Nur Fondi, AQSH ; “Musnad Imom Ahmad ibn Hanbal”ning ingliz tilidagi tarjimasi (4 jild): Noshir: Dorussalom nashriyoti ; “Musnad Imom Ahmad ibn Hanbal”ning inglizcha tarjimasi (5 jild) : Noshir: Dorussalom nashriyoti . Manbalar
Yana qarang
Sunniy kitoblar ro‘yxati Sahihi Muslim Jomiy at-Termiziy Sunan Abu Dovud Sunan ibn Moja Muvatta Malik Majma az-Zavoid
Havolalar
Imom Ahmad uslubi (arabcha)