Bashir ibn Homid ibn Sulaymon ibn Yusuf ibn Sulaymon ibn Abdulloh al-Hoshimiy, al-Jaʼfariy, az-Zayniy, at-Tabriziy, ash-Shofiʼiy (Najmuddin, Abunnuʼmon) — mufassir, muhaddis, sufiy, faqih. Ardabilda milodiy 1174-yil (hijriy 570-yil) tavallud topgan. Bashir az-Zayniy milodiy 1248-yil (hijriy 646-yil) safar oyida Makkada vafot etgan. Asarlari „Tafsir kabiyr“ (ko‘p jildli „Katta tafsir“) „Ahosinu-l-kalom va mahosinu-l-kirom“ („So‘zlarning eng yaxshilari va izzat-ikromning go‘zal namunalari“) „Arbaʼuna hadisan fi umuri-d-din“ („Diniy amallar xususidagi qirq hadis“) Manbalar