Jaʼfar ibn Ismoil ibn Zaynulobidin ibn Muhammad al-Barzanjiy, al-Husayniy (milodiy 1899-yil (hijriy 1317-yil)da vafot etgan) — faqih va Rasulullohning siyratini yaxshi biladigan olim boʻlgan. „Al-Azhar“ universitetida oʻqigan. Madinada shofiʼiy mazhabiga oid fatvolar chiqarishni boshqargan va shu yerda vafot etgan.

Asarlari „Toju-l-ibtihoji ala-n-nuri-l-vahhoj fil-isroʻ“ („Muhammad paygʻambarning Makkai mukarramadan Quddusga tungi sayohati asnosida koʻzni koʻr qiladigan darajada taralgan yorqin nurlardan hayratlanishning avji“); „al-Meʼroj“ („Meʼrojnoma“); „al-Kavokib al-anvar ala iqdi-l-javhar fi mavlidi-n-nabiyi-l-azhar“ („Nurli paygʻambarning tavalludi haqidagi marvaridlar shodasini nurafshon etayotgan eng yorugʻ yulduz“); „Nuzhatu-n-nozir fi masjidi sayyidi-l-avvaliyn va-l-oxiriyn“ („Sayyidi-l-avvalin va-l-oxirin masjidiga masʼul nozirning xatti-harakati“).

Manbalar