Jaʼfar ibn Muhammad ibn Muhammad Jaʼfar at-Tabriziy (1873-yil (hijriy 1290-yil rabiulavval oyida tugʻilib, taxminan 1906-yil (hijriy 1324 -yil)da vafot etgan) — olim, fiqh ilmining usul sohasi bo‘yicha faqih bo‘lgan. Tabrizda tugʻilib, oʻsha yerda voyaga yetgan. So‘ngra Najafga ko‘chib o‘tib, u yerda o‘n yil istiqomat qilgan. Yana Tabrizga qaytib kelib, umrining soʻngiga qadar sharʼiy vazifalarni bajarish va kitoblar taʼlif etish bilan shug‘ullangan.

Asarlari „Ravoyiʼu-l-usul“ („Usul bo‘yicha shohona asarlar“); „Maboniʼu-l-usul“ („Usulning manbalari“); „Daloilu-l-xayrot“ („Ezgulik dalillari“); „Kitobu-t-tahorat“(„Tahorat kitobi“); „Kitobu-s-salot“ („Namoz kitobi“).

Manbalar