Oltintopgan koʻchasi — Bektemir tumanining Olim Ashirov mahallasi hududida. Bektemir koʻchasi bilan koʻcha etagidagi dala hovlilari oraligʻida. Uzunligi 4 km atrofida.

1990-yil Toshlent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidan Toshkent shahar tasarrufiga oʻtgan. 2008-yil 6-maydan Oltintopgan nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 1 ta berk koʻcha bor.

Oltintopgan koʻchasida oziq-ovqat, metallga ishlov berish va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari joylashgan. Ular orasida „Koka-Kola“ LTD, „Istal“ hamda Toshkent Plast Polimer korxonalari mavjud. Toshkent Plast Polimer koʻchaning 22-uyida joylashgan boʻlib, plastmassa yashiklar, poddonlar va boshqa polimer mahsulotlari ishlab chiqaradi., „BK Intrans“ xalqaro avtokorxonasi, 56-avtobaza, savdo shoxobchalari, „Imperial“ restorani, 570-maktab, bogʻcha, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida Chirchiq daryosi oqib oʻtadi.

Yana qarang

Toshkent koʻchalari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Toshkent koʻchalari