Giorgi Papava (1993-yil 16-fevralda tugʻilgan) – gruziyalik futbolchi. U yarim himoyachi va „Paxtakor“ va Gruziya milliy futbol jamoasida oʻynagan.
Faoliyati Papava futbolchilik faoliyatini Tbilisining „Dinamo“ klubida boshlagan. 2011-yilda u asosiy jamoa tarkibiga qabul qilingan. 2012-yilning 19-fevralida u Gruziya birinchi ligasida „Metalurgi Rustavi“ jamoasiga qarshi safar oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda debyut qildi. 2012/2013-yilgi mavsumda u „Dinamo“ bilan chempionlik va Gruziya kubogini qoʻlga kiritgan xolda oltin dublga erishdi. 2013/2014-yilgi mavsumda u yana dublga erishdi, 2014/2015-yilgi mavsumda esa ikkinchi oʻrin va mamlakat kubogi sohibiga aylandi.
2015-yil boshida Papava Kiprning Nea Salamina Famagusta klubiga qoʻshildi. U 2015-yilning 31-yanvarida oʻz maydonida APOEL FC jamoasiga qarshi oʻyinda (0:1) debyut qilgan. U Nea Salaminada yarim yil oʻynadi.
2015-yilning yozida Papava Gruziyaga qaytdi va Dila Gori klubi futbolchisiga aylandi. U 2015-yilning 14-avgustida „Kolxeti 1913 Poti“ ga qarshi oʻz uyida 2:0 hisobida debyut qilgan.
Yutuqlar
Dinamo Tbilisi
Gruziya ligasi: 2012-2013, 2013-2014 Gruziya kubogi: 2013, 2014 Gruziya Superkubogi: 2014
Manbalar
Havolalar
Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gruziyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Dinamo Tbilisi futbolchilari Turkum:FC Metalurgi Rustavi futbolchilari Turkum:Nea Salamis Famagusta FC futbolchilari Turkum:FC Dila Gori futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Kipr birinchi divizioni futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Gruziyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kiprdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi gruziyalik muhojir sportchilar