Yanvan - (shoh) qadimgi xitoyliklarning diniy e’tiqodiga ko‘ra, yerosti dunyosi hukmdori. U mayyitlarning hayotligida qilgan amallariga qarab, o‘z dunyosidagi o‘nta hakamdan biriga jo‘natadi. Ulardan 8 tasi ruhlarni jazolashardi, 2 tasi esa yangi tana berib, qaytadan tug‘ilish (reinkarnasiya)ga hukm chiqarishardi. Boshqa mifga ko‘ra, har bir inson ruhi birma-bir barcha hakamlardan o‘tadi. Katta gunohlari bo‘lgan shaxslarni azob-uqubat kutgan: sotqin amaldorlarning og‘ziga eritilgan oltin quyilgan, o‘ta gunohkor kimsalar qizigan yog‘da qovurilgan, tegirmon toshida ezg’ilashgan yoki tanasini ikkiga bo‘lishgan. Manbalar

Adabiyotlar