Indoneziyada turizm —  Indoneziya iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Indoneziya jahon turizm sanoati boʻyicha 20-oʻrinni egallaydi. Shuningdek, dunyoda eng tez rivojlanayotgan turizm reytingida toʻqqizinchi, Osiyoda uchinchi va Janubi-Sharqiy Osiyoda esa yetakchi davlat hisoblanadi. 2018-yilda Denpasar, Jakarta va Batam shaharlari mos ravishda 32,7%, 29,2% va 23,3% ni qayd etib, turizm yoʻnalishida eng tez rivojlanayotgan 10 ta shaharlar roʻyxatiga kiritilgan. 2019-yilda Indoneziyaga 16,1 million xorijiy turistlar tashrif buyurdi. Bu koʻrsatkich 2018-yilga nisbatan 1,9% ga koʻpdir. Indoneziyaga keladigan turistlarning 5 taligini Singapur, Malayziya, Xitoy, Avstraliya va Yaponiya egallaydi.

Bu Indoneziyaning 2017-yildagi 4,2 indeks ball bilan 136 mamlakat ichida 42-oʻrinni egallaganidan ikki bosqichga yaxshilanishdir. Indoneziya juda yaxshi turizm salohiyatiga ega (9-oʻrin). Mamlakat tabiiy va madaniy resurslar boʻyicha ham ancha yaxshi koʻrsatkichlarga ega (17-oʻrin). Biroq, mamlakat infratuzilma indeksi boʻyicha ancha past ball olgan (75-oʻrin), chunki turistik xizmat koʻrsatishning ayrim sohalari rivojlanmagan.

Umumiy Tabiat va madaniyat Indoneziya turizmining asosiy tarkibiy qismlaridir. Mamlakatda 17508 ta orollardan tarkib topgan yirik arxipelag mavjud va ulardan 6000 tasida aholi yashaydi. Indoneziyada dunyodagi eng uzun 54176 km uzunlikdagi qirgʻoq chizigʻi mavjud. Balidagi plyajlar, Sharqiy Yavadagi Bromo togʻi, Toba koʻli va Sumatradagi turli milliy bogʻlar mashhur diqqatga sazovor joylardir. Ushbu tabiiy diqqatga sazovor joylar Indoneziyaning tarixi va etnik xilma-xilligini aks ettiruvchi boy madaniy meros hisoblanadi. Mamlakatning turli hududlarida 719 ta til qoʻllanadi.

Indoneziyada turizm faoliyati Indoneziya turizm vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Xalqaro turistik kompaniyalari asosan oq qumli plyajlar hamda ochiq osmon ostidagi madaniy obyektlarga investitsiya kiritmoqda. Asosiy investitsiya kiritiladigan manzillar qatoriga, Bali orolidagi plyajlar va mehmonxonalarni misol keltirish mumkin.

Statistikalar

Indoneziyaga keladigan TOP 20 turistlarning davlatlari OʻrinMamlakat2019 2018 2017 2016 2015 2014 2013 2012 20111 2,980,753 2,503,344 1,238,276 1,225,458 1,431,728 1,418,256 1,380,686 1,269,089 1,173,3512 2,072,079 2,139,161 1,972,405 1,452,971 1,249,091 1,052,705 858,140 726,088 594,9973 1,934,445 1,768,744 1,512,813 1,472,767 1,594,102 1,559,044 1,432,060 1,324,706 1,324,8394 1,386,803 1,301,478 1,188,449 1,198,033 1,090,025 1,145,576 983,911 952,717 933,3765 1,178,381 1,762,442 960,026 956,874 921,657 873,258 769,697 719,996 668,1396 657,300 595,636 485,314 376,802 306,960 267,082 231,266 196,983 181,7917 519,623 530,573 538,334 513,297 528,606 505,175 497,399 463,486 423,1138 457,832 387,856 331,132 296,183 269,062 246,397 236,375 217,599 203,2059 397,624 392,112 361,197 328,882 286,806 244,594 236,794 219,726 201,22110 388,316 358,885 378,769 343,887 375,586 352,004 351,154 328,989 320,59611 283,814 287,917 268,989 250,921 208,679 208,537 201,917 184,273 171,73612 277,653 274,166 260,586 231,694 201,202 184,463 173,470 158,212 149,11013 260,980 217,874 162,726 149,490 267,700 248,182 247,573 236,866 210,02914 215,287 209,978 205,844 195,463 172,371 168,494 161,402 152,749 163,26815 207,490 208,317 211,489 209,369 223,478 220,328 247,146 217,708 228,92216 158,943 125,728 110,529 80,514 65,705 88,775 82,863 76,584 78,53117 157,512 165,912 166,111 186,654 160,696 147,074 150,247 144,584 140,57918 149,010 128,366 106,914 102,776 98,861 94,735 91,144 88,489 87,23319 136,699 124,153 106,510 98,864 93,590 95,195 92,549 93,642 90,16720 103,616 97,908 96,139 94,178 91,437 88,157 85,478 84,369 82,641 Umumiy 16,106,954 15,810,305 14,039,799 11,519,275 10,406,759 9,435,411 8,802,129 8,044,462 7,649,731

Indoneziya turizm statistikasi Yil Xalqaro turistar soni 2000 5,064,217 2001 5,153,620 2002 5,033 400 2003 4,467,021 2004 5,321,165 2005 5,002,101 2006 4,871,351 2007 5,505,759 2008 6,429,027 2009 6,452,259 2010 7,002,944 2011 7,649,731 2012 8,044,462 2013 8,802,129 2014 9,435,411 2015 10,406,759 2016 11,519,275 2017 14,039,799 2018 15,810,305 2019 16,106,954 2020 4,052,923 2021 1,557,530 2022 5,471,277 Indoneziyaning Markaziy statistika agentligi tomonidan belgilangan eng mashhur sayyohlik shaharlari oʻntaligiga Bali, Gʻarbiy Yava, Markaziy Yava, Sharqiy Yava, Jakarta, Shimoliy Sumatra, Lampung, Janubiy Sulavesi, Janubiy Sumatra, Banten va Gʻarbiy Sumatra shaharlari kirgan. Mahalliy sayyohlarning eng koʻp oqimi Ramazon hayitiga toʻgʻri keladi. Bu vaqt ichida transport vositalarida sayyohlardan qoʻshimcha haq olinadi.

2000-yildan beri har yili mamlakatga oʻrtacha 5 million xorijiy sayyoh tashrif buyuradi. Ular kuniga oʻrtacha 100 AQSh dollari sarflaydi. Turistlarning tashrifi o'rtacha 9-12 kunni tashkil qilib, umumiy hisobda Indoneziya bundan 4,6 milliard AQSh dollari miqdorida daromad oladi.

2012-yilda Jahon sayohat va turizm kengashi tomonidan berilgan maʼlumotlariga koʻra, turizm Indoneziya YaIMning 8,9 foizini tashkil etdi. Indoneziyadagi barcha aholining qariyb 8% qismi turizm sektorlarida faoliyat olib boradi.Indonesia Travel & Tourism Economic Impact 2013 . World Travel & Tourism Council. Retrieved 11 November 2013..

Eko-turizm

Milliy bogʻlari

1817-yilda tashkil etilgan Bogor botanika bogʻlari va 1862-yilda tashkil etilgan Cibodas botanika bogʻlari Osiyodagi eng qadimgi botanika bogʻlaridan.

Indoneziyada 54 ta milliy bogʻlar mavjud boʻlib, ulardan 6 tasi jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan: Gunung Leyzer milliy bogʻi Kerinci Seblat milliy bogʻi Bukit Barisan Selatan milliy bogʻi Lorens milliy bogʻi Komodo milliy bogʻi Ujung Kulon milliy bogʻi

Sumatra fillari, Sumatra yoʻlbarslari, Sumatra karkidonlari, Yavan karkidonlari va orangutanlar kabi koʻplab mahalliy turlar yoʻqolib ketish xavfi ostida qoʻriqxonalarda saqanmoqda. Sumatra orangutanini Bukit Lavang qoʻrixonasida, Bornean orangutanini esa Kalimantanning markaziy qismidagi Tanjung Puting milliy bogʻida tomosha qilish qilish mumkin. Dunyodagi eng katta gul Raffleziya arnoldi va eng baland gul Titan arumnini Sumatrada topish mumkin.

Vulqonlar

Indoneziyaning koʻpgina togʻlar yonbag'rilarida daryolar mavjud. Vulqonli togʻlar xavfli boʻlsa-da, ular asosiy turistik joylarga aylangan. Indoneziyaning ikkinchi eng baland vulqoni sharqdagi Lombok hisoblanadi. Mashhur faol vulqonlar Sharqiy Yava provinsiyasidagi balandligi 2329 metr boʻlgan Bromo togʻi boʻlib, uning krater atrofidagi manzarali vulqon choʻli mavjud.

Madaniy turizm

Indoneziya aholisi 1300 dan ortiq etnik guruhdan iborat. Indoneziyada turli xil mahalliy anʼanalar saqlanib qolgan. Janubiy Sulavesidagi mahalliy Toraja etnik guruhi garchi aksariyati hozirda nasroniy bo'lsa-da, an'analari animistik ta'sirga uchragan.

Indoneziyaning aksariyat yirik shaharlarida davlatga qarashli muzeylar mavjud, ularning aksariyati omma uchun ochiq.

Qadimgi hind va buddist ibodatxonalari

IV asrdan XV asrgacha hinduizm va buddizm Indoneziya madaniyatini shakllantirgan. VIII asrda Sailendra sulolasi davrida qurilgan yaxshi saqlanib qolgan buddistlar ziyoratgohi Markaziy Javadagi Borobudur ibodatxonasidir. Qoʻngʻiroq shaklidagi jihozlar bilan bezatilgan ulkan tosh Buddaning hikoyalari va taʼlimotlari haqida hikoya qiluvchi barelyeflar bilan bezatilgan.

Islom

Islom dini Indoneziya madaniyatiga katta hissa qoʻshgan. 2006-yil holatiga koʻra, Indoneziya aholisining 88 foizini musulmonlar tashkil qilgan. Indoneziyaning masjidlariga hamda maqbaralariga tashrif buyuruvchi barcha uchun kiyinish qoidalari joriy qilingan.

Indoneziyaning koʻpgina yirik shaharlarida tarixiy va monumental Masjidi Agung (Katta masjid) mavjud boʻlib, ular shaharning diqqatga sazovor joyi va turistik diqqatga sazovor joylariga hisoblanadi. Istiqlol masjidi, Jakarta, Indoneziya milliy masjidlari Jakartaning asosiy diqqatga sazovor joyi va sayyohlik maskani hisoblanadi.

Dam olish va shahar turizmi Xarid qilish

Dunyoga Indoneziya toʻqimachilik va moda mahsulotlarining yaxshi sifati bilan mashhur. Balida koʻplab savdo markazlari mavjud, masalan, Kuta savdo markazi va Galeria nusa dua kabi savdo markazlari.

Koʻngilochar istirohat bogʻlari

Attraksionlari mavjud istirohat bogʻlari, indoneziyalik oilalar hordiq chiqarishlari uchun qulay joydir. Dunia fantasi nomli istirohat bogʻi Disneylend uslubida yaratilgan.

Gastronomik turizm

Indoneziya boy va xilma-xil oshxona anʼanalariga ega davlatlardan biridir. Indoneziya oshxonasi mintaqaga qarab juda farq qiladi va turli xil anʼanalarga ega. Kokos sutiga boy Minangkabau oshxonasidan tortib, Papua va Ambon oshxonasining Okeaniya dengiz mahsulotlari taomlarigacha Indoneziyaning oshxonasining xilma-xilligini bilish mumkin.

Viza qoidalari Quyidagi 170 ta davlat pasportiga ega turistlar Indoneziyaga 30 kun davomida vizasiz kirishlari va qolishlari mumkin.

Quyidagi toʻrtta davlat fuqarolari 20 ta aeroport, 23 ta dengiz portlari va Entikong quruqlik oʻtish chegarasida 35 AQSH dollari toʻlash orqali 30 kunlik muddat ichida viza olish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Galereya

Manbalar

Turkum:Indoneziya Turkum:Turizm