Muhammad ibn Abd Keshiy Abdulhamid Keshiyning oʻgʻli oʻz otasidan koʻplab hadislar rivoyat qilgan. Muhammad ibn Abd Keshiydan koʻplab muhaddislar hadis keltirgan. U ota-bobolarining maʼnaviy merosini asosiy davomchilaridan hisoblanib, keshiylar sulolasini davom ettirgan. U Muhammad Abu Jaʼfar Kabiy (Keshiy) ham deb nomlangan va 286/899 yilda vafot etganЗаҳабий. Тариху-л-ислом. – Байрут: Дору китоби арабий, 1987. – Ж. 21. – Б. 274.. Muhaddisning oʻgʻli otasidan soʻng uning ilmiy merosini davom ettirgan. Otasi va bobolari haqidagi tarixiy maʼlumotlarni Abdulhamid Keshiyning musnad va tafsir asarlarini keyingi avlodlarga etkazilishida katta xizmat qilgan. Muhammad ibn Abd Keshiyning asosiy ustozi oʻz otasi Abdulhamid Keshiy hisoblanadi undan arab tili, hadis, tafsir va boshqa fanlardan tahsil olgan. Keshiylar sulolasining kenja vakili Muhammad Keshiy quyidagi ustozlardan ham ilm-maʼrifat oʻrganib ulardan hadislar rivoyat qilgan. Ular Abu Ismoil Abdurrahmon ibn Uʼbbod ibn Ismoil MaʼvaliyСамъоний (506-562 ҳ.). Ансоб.– Байрут, Дорул фикр. 1998. – Ж.2. – Б. 461., Muhammad ibn Gʻolib ibn Abdurrahmon ibn YazidИбн Ҳажар Асқалоний. Исобату фий тамйизи-с-саҳобати. – Байрут. Дору Ҳийл. 2009. – Ж. 7. – Б. 219., Usmon ibn ShaybaМуҳаммад ибн Ҳиббон (354 ҳ.в.) Мажруҳийн мин муҳаддисийн. 2009. – Ж. 2. – Б. 15., Hasan ibn Haysam Abu Ali Mazaniy BagʻdodiyХатиб Бағдодий. Тариху Бағдод. – Байрут: Дору китоби илмий, 1995. – Ж. 7. – Б. 450., Ubaydullo ibn Muso, Yahyo ibn MugʻiraИбн Асокир. Тариху-л-Дамашқ. 2009. – Байрут. – Ж.22. – Б.78. ва – Ж. 62. – Б.672., Bishr Ibn Aflah KeshiyИбн Ҳажар Асқалоний (773/852ҳ.). назҳату-л-албоб фий-л-алқоб. – Риёз. Мактабату рушд, 1989. – Ж. 1. – Б. 123. va boshqalar. Muhammad ibn Abd Keshiy ham ulugʻ ustozlardan olgan ilmni oʻz shogirdlariga taʼlim bergan. Undan quyidagi kishilar hadis rivoyat qilishgan. Ular Ibn SakinИбн Ҳажар Асқалоний. Исобату фий тамйизи-с-саҳобати. – Байрут. Дору Ҳийл, 2009. – Ж. 7. – Б. 219. Aʼmr ibn Muhammad, Abdulmumin ibn Xalaf NasafiyЗаҳабий. Тариху ислом. Дору китоби арабий, 1987. – Ж. 21. – Б. 274., Ibrohim ibn Xuzaym ShoshiyИбн Асокир. Тариху-л-Дамашқ. – Байрут. 2009.– Ж. 62. – Б.672., Husayn Ibn Ismoil ForisiyАбу Наъим Аҳмад Исбаҳоний (430 ҳ.в.). Маърифату-с-саҳоба. – Риёз: Дору-л-ватан, 1998. – Ж. 3. – Б. 1640. va boshqalar. Muhammad ibn Abd Keshiy otasining eng keyingi shogirdi boʻlgan „Musnad Abd“ va „Tafsir Abd“ asarlarini muhaddisning oʻzidan eshitib yozib olgan Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy bilan birga hatto unga ustoz boʻlib, ana shu buyuk merosni yozma holda saqlanib qolishida ilmiy hamkorlikda ish olib borgan. Muhaddis asarlarining qoʻlyozma nusxalari Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy orqali bizgacha etib kelgan. Muhammad ibn Abd Keshiy va uning oilasiga oʻxshash ilm-maʼrifat, hadis ilmi yoʻlida xizmat qilgan oilaviy sulola vakillari tarixda juda kam uchraydi. Manbalar

Turkum:Keshlik allomalar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar