Abdulkarim Andoqiy (arabcha: عبد الكريم الأنداقي) — faqih, roviy va soʻfiy.

Abdulkarim Andoqiy 400/1009 yili Samarqandga qarashli Andoq qishlogʻida tavallud topganAbu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 1. — Bayrut, 1979. 214.. Faoliyati Abdulkarim Andoqiy hadis va fiqh boʻlish bilan birga, komil insoniylik fazilatlarini oʻzida mujassam etgan. U nafaqat faqih sifatida, balki tasavvufning yirik namoyandasi va yirik olimi sifatida tanilgan. U katta-kichchik yoshdagi ilmu toliblarga turlicha taʼlim-tarbiya berish usulini qoʻllagan. Bu usul tariqatda katta maʼno-mazmunga ega hisoblangan. Ustozi va ilmiy safarlari Abdulkarim Andoqiy yirik tasavvuf olimi Imom Yusuf Hamadoniyning izdoshi boʻlgan. U Yusuf Hamadoniyning Xorazm va Bagʻdod safarlarida unga hamrohlik qilgan. Abdulkarim Andoqiyning nabirasi Hasan Andoqiy (460/1068-552/1157) ham tasavvuf olimi boʻlgan. Vafoti Abdulkarim Andoqiy 481/1088-yilda vafot etganAbdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 1. — Qohira, 1998. 215.. Manbalar

Adabiyotlar Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 73.

Turkum:Soʻfiy Turkum:Roviylar Turkum:Samarqandlik allomalar