Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy (arabcha: على بن عبد العزيز المرغيناني — Ali ibn Abdulaziz ibn Abdurrazzoq Zahiriddin Kabir Margʻinoniy) — faqih.

Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy XI asr oʻrtalarida Margʻinonda muhaddis Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Marg‘inoniy xonadonida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni Margʻinonda otasi Abdulaziz Margʻinoniydan olgan. Ustozlari Keyinchalik Sayyid ibn Shujoʼ, Muhammad ibn Ahmad ibn Hamza va Burhoniddin Kabir Abdulazizlar huzuriga borib, fiqh boʻyicha taʼlimini davom ettirgan. Shogirdlari Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniydan fiqh borasida oʻgʻli Abulmahosin Zahiriddin Hasan ibn Ali, Qivomuddin Ahmad ibn Abdurrashid va Tohir ibn Ahmadlar taʼlim olgan. Vafoti Ali ibn Abdulaziz Margʻinoniy 506/1112-13 yili vafot etganQoriev O. A. Fargʻona fiqh maktabi va Bur-honiddin al-Margʻinoniy. — B. 57..

Adabiyotlar Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti. 2016.

Manbalar

Turkum:Faqih Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar