Abu Jaʼfar Muhammad az-Zominiy (arabcha: أبو جعفر محمد الزاميني — Abu Jaʼfar Muhammad ibn Asad ibn Tovus az-Zominiy) — Muhaddis. Abu Jaʼfar Muhammad az-Zominiy X asr oʻrtalarida Ustrushana mintaqasining Zomin shahrida tavallud topgan. Abulabbos al-Mustagʻfiriy u haqida shunday hikoya qiladi: "Men Xurosonga safar qilgan chogʻimda u menga hamrohlik qilib, yoʻlda mendan ayrildi. Shundan soʻng u Iroq, Hijoz va Musalga safar qilgan… ". Ilmiy safarlari Abu Jaʼfar Muhammad az-Zominiy ilm talabida Xuroson Iroq, Hijoz, Musal, Marv va Saraxs kabi shahar va mamlakatlarga ilmiy safar qilgan. Vafoti Abu Jaʼfar Muhammad az-Zominiy 415/1024 yil boshida Buxoroda vafot etganAbdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007..
Manbalar
Turkum:Muhaddis Turkum:Islom:Shaxslar