Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniy (arabcha: حسين بن محمد الغوبديني — Abu Nuaym Husayn ibn Muhammad ibn Nuaym al-Gʻubdiniy) — Muhaddis.
Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniy 341/952 yili iyun oyida tavallud topgan. U dastlabki taʼlimni oʻz qishlogʻida olgan. Ilmiy safari Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniy keyinchalik ilm talabida Xuroson, Iroq, Hijoz kabi shaharlarga borgan. U yerda ko‘plab allomalaridan dars olgan. Ustozlari Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniy Buxoro shahrida Abu Solih Xalaf ibn Muhammad al-Xayyom, Abu Sahl Horun ibn Ahmad ar-Astrabodiy, Abu Amr Muhammad ibn Muhammad ibn Sobir al-Buxoriylardan, Naysobur shahrida Abulqosim Abdulloh ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Yaʼqub an-Nasaviydan, Bagʻdod shahrida Abu Tohir Muhammad ibn Abdurrahmon al-Muxlis va Abu Hafs Umar ibn Ibrohim al-Kattoniylardan hadis eshitgan va yozib olgan. Shogirdi Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniydan Abulabbos Jaʼfar ibn Muhammad al-Mustagʻfiriy va qozi Abu Ali Hasan ibn Abdulmalik an-Nasafiylar hadislar rivoyat qilgan. Vafoti Husayn ibn Muhammad al-Gʻubdiniy 427/1035 yili aprel oyida vafot etgan. Adabiyotlar Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.
Turkum:Faqih Turkum:Islom:Shaxslar