Al-Hofiz Shamsuddin Abulalo Mahmud ibn Abu Bakr ibn Abulaloal-Kalobodiy al-Buxoriy al-Hanafiy — ilmi faroiz bilan shugʻullangan olim. Mahmud al-Kalobodiy milodiy 1247-yil (hijriy 644-yil)da tugʻilgan. U Mordinda milodiy 1301-yil (hijriy 700-yil) vafot etgan. Asarlari „Hallu-l-faroiz fisharhi nazmi-s-sirojiya“ („Sharhunazmi-s-sirojiya“dagi faroizilmi bilan bogʻliq masalalarning yechimi") „Davʼu-s-siroj fisharhi-s-sirojiya“ („Sharhu-s-sirojiya“ haqidagi chiroqning yogʻdusi") „Mushtabihu-n-nasab fi asmoʻi-r-rijol“ („Odamlarning ismi shariflaridagi shubhali nasablar“) „Muʼjamu-sh-shuyux“ („Shayxlar qomusi“) „Al-Minhoj al-muntaxab min davoʻi-s-siroj“ („Chiroqdan taralayotgan ziyolardan tanlangan dastur“)
Manbalar