Muhammad ibn Fazl (toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Fazl ibn Abbos ibn Hafs Balxiy; ?, Balx — 319-yilda vafot etgan, Samarqand)— ulamo, shayx.

Hayoti Muhammad ibn Fazl Balxiy Balxda yashab, mashhur shayx Ahmad Xizruyaning (vafoti 240/854-yil) shogirdi boʻlgan. Balxdan haydalib, Samarqandda yashagan va shu yerda 319/931-yilda vafot etgan.

Muhammad ibn Fazl Balxiy mashhur olimlar Abulqosim Ishoq ibn Muhammad Samarqandiy va Abu Mansur Moturidiy Samarqandiylarga ustozlik qilgan. Abu Abdurrahmon Sullamiy: „Xuroson mashoyixlarining ulugʻlaridan boʻlgan“, — deydi. Muhammad ibn Fazl Balxiy Ibn Imodning „Shazarotu-z-zahab“, Ibn Mulqinning „Tabaqotu-l-avliyo“ va V. V. Bartoldning „Turkistonning madaniy hayoti tarixi“ nomli asarida eslatib oʻtilganAbu Abdurrahmon Sullamiy. Tabaqotu-s-sufiyya. - B. 171-175..

Manbalar

Adabiyotlar

„Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Havolalar

Turkum:Muhaddislar Turkum:So‘fiylar Turkum:931-yilda vafot etganlar