Usmon Chinozovich Xudoyqulov (; 1954-yil, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) — 1998—2000-yillarda Oʻzbekiston Bosh prokurori.
Tarjimai holi 1975-yilda Toshkent universitetining yuridik fakultetini bitirgan.
1976—1987-yillarda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, katta tergovchi, boʻlim boshligʻi, shahar prokurori, viloyat prokurorining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
1987-yildan 1990-yilgacha OʻzSSR prokuraturasi oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi boshligʻi.
1990-yildan 1995-yilgacha Oʻzbekiston bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari.
1995-yildan 1998-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha davlat maslahatchisi.
1998-yilda Bosh prokuror etib tayinlangan. 2000-yil 18-fevralda ishdan olingan.
2000-yildan hozirgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ Yuridik boshqarmasi yurist-konsultanti.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari
Turkum:1954-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar