Xatam Ashurov (1961-yil 11-dekabr; Navoiy tumani O'zbekiston SSR) — fizik olim. Oʻzbekiston Respublikasi FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Atamalar komissiyasi aʼzosi.

Hayoti va ilmiy faoliyati Xatam Ashurov 1961-yil 11-dekabrda Buxoro viloyati, Navoiy tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1983-yil dekabrida Navoiy viloyati radio-televizion tarqatish markazida elektromexanik sifatida boshlagan. Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida 1984-yil may oyidan Oʻzbekiston Respublikasi FA Elektronika institutiga (2012-yildan Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti) stajyor- tadqiqotchi lavozimiga o‘tib, keyinchalik aspiranturada; kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, direktor o‘rinbosari, institut direktori lavozimlarida 2016-yilgacha ishlab kelgan.

1997—2013-yillar mobaynida Germaniya, Italiya, Fransiya, Belgiya, BAA, Koreya mamlakatlarida tajriba oʻtab kelgan. 2016-yil Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti tugatilishi va ilmiy laboratoriyalarning Toshkent davlat texnika universitetiga o‘tkazilishi munosabati bilan 2016-yil iyulidan 2017-yil iyuligacha TDTUda yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 2017-yil iyulidan qayta tashkil etilgan U. A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Xatam Ashurov ion-plazma texnolagiyalarining kelajagi borasida shunday fikr bildirgan:

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Oʻzbekiston fiziklari