„Gulim“ — oʻzbek reperi Konsta tomonidan 2015-yilda kuylangan qoʻshiq. Qoʻshiqda oʻzbek gastarbayterlarining ogʻir hayot yoʻli va turmush tarzi tasvirlangan. Dastlab muxlislar va koʻplab tinglovchilar qoʻshiq mavzusini sevgi haqida deb oʻylashgan. Qoʻshiq muallifi oʻz intervyusi orqali qoʻshiq mazmuni aslida vatan haqida ekanini taʼkidlab oʻtgan.
Manbalar
Havolalar Gulim qoʻshigʻi YouTubeda
Turkum:2017-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Konsta qoʻshiqlari