Narzulla Jo‘rayev (1952-yil 20-noyabr; Buxoro tumani O'zbekiston SSR) — o‘zbek siyosatshunosi, jamiyatshunosi, tarixchisi va faylasufi. Siyosiy fanlar doktori, professor, akademik. O‘zbekiston davlat va jamoat arbobi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri. Maʼlumoti bo‘yicha jurnalist. 1971—1977-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida o‘qigan.    

Mehnat faoliyati 1971—1974-yillar Glav Tashkentstroyning 9-temirbeton buyumlari zavodida ishlagan. 1975—1985-yillar O‘zbekiston televideniye va radioeshittirish davlat qo‘mitasida muharrir, katta muharrir bo‘lib ishlagan. 1985—1990-yillar „Sovet O‘zbekistoni“ gazetasida katta muxbir, 1990—1993-yillar „Muloqot“ jurnalida Bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1993—2000-yillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida ekspert, yetakchi konsultant, Prezidentning davlat masahatchisi. 1996—2004-yili O‘zbektson Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2001 — 2004-yillar O‘zbektson Oliy Majlisi fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida faoliyat olib borgan. 2005-yildan hozirgacha O‘zDJTUning kafedra mudiri.

Oilasi Otasi — Jo‘rayev Qosim, 1905-yil Buxoro viloyati, Buxoro tumanida tugʻilgan. 1979-yili vafot etgan. Buxoro tumanida shirkat ishchisi boʻlgan.

Onasi — Isomova Hanifa, 1927-yil Buxoro viloyati, Buxoro tumanida tugʻilgan. 1985-yili vafot etgan. Uy bekasi.

Turmush o‘rtog‘i — Vohidova Sanobar, 1958 yil Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tugʻilgan. 2019-yilda vafot etgan.

Qizi — Jo‘rayeva Shohina, 1989-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. O‘zDJTU doktoranti.

O‘g‘li — Jo‘rayev Bobur 1995-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida ishlab keladi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbek tarixchilari Turkum:Deputatlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Professorlar