Abdulloh ibn Abdulloh ibn Ubay (arab. عبدالله ابن عبدالله ابن أبي) – munofiqlar yetakchisi Abdulloh ibn Ubayning oʻgʻli va Muhammad alayhissalomning sahobalaridan biri. Musulmonlar orasida munofiqlik qilib yurgan otasidan farqli o‘laroq, Abdulloh yaxshi musulmon bo‘lganA Restatement of the History of Islam and Muslims: Umar bin al-Khattab, the Second Khalifa of the Muslims on al-islam.org.

U tarix sahnasida 627 yilda, otasi bilan birga Banu Mustaliq qabilasiga qarshi g‘azotda qatnashgan vaqtida paydo bo‘ladi. Abdulloh otasining fitna qilmoqchi ekani haqida Muhammad alayhissalomga xabar bergan. Shunda Umar Ibn Ubayni o‘ldirishni maslahat bergan. Xabar qilinishicha, Abdulloh bu ishni o‘z ixtiyori bilan qilgan, ammo Muhammad alayhissalom Ibn Ubayning o‘ldirilishiga yo‘l qo‘ymaganlarThe Bonds of Faith Are the Bases of the Links Between Men John Glubb, The Life and Times of Muhammad, 1970 (reprint 2002), p. 221, 263..

Manbalar

Turkum: Shaxsiyatlar Turkum:Xazrajiylar Turkum:Sahobalar