Afg‘oniston iqtisodiyoti – xarid qobiliyati paritetiga (XQP) asoslangan yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi bo‘yicha dunyoda 103-o‘rinda turadi. Taxminan 40 million aholiga ega Afgʻonistonning YaIM (XQP) miqdori taxminan 77 milliard dollarni tashkil etadi, ayirboshlash kursi 20 milliard dollar (2020) va aholi jon boshiga YaIM (XQP) taxminan 2000 dollarni tashkil qiladi. Mamlakatning umumiy tashqi qarzi 2022-yil holatiga koʻra 0 ga teng. Afgʻoniston iqtisodiyoti chet elliklarning kirib kelishi, milliy infratuzilmaning yaxshilanishi, qoʻshni va koʻproq mintaqaviy davlatlar bilan savdo aloqalarining oʻrnatilishi, qishloq xoʻjaligi va togʻ-kon sanoatining kengayishi hisobiga yaxshilanishda davom etmoqda.
Afgʻoniston NATOga qoʻshilgach, boshqa mamlakatlarning unga siyosiy ishonchi kuchaydi va shu sababli chet elliklar hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan kelgan milliardlab dollarlik yordamlar hajmi ham oʻsdi. Hozirda Afgʻoniston 5 milliard dollarga yaqin mahsulot import qiladi va 1,8 milliard dollardan ortiq qonuniy mahsulotlarni (asosan yangi va quritilgan mevalarni) eksport qiladi. Kelgusi yilda mamlakatning yillik eksporti 2 milliard dollarga yetishi taxmin qilinmoqda.
Bir trillion dollardan ortiq qiymatga baholanuvchi qazib olinmagan foydali qazilma konlariga ega boʻlishiga qaramay, Afgʻoniston dunyodagi eng kam rivojlangan mamlakatlardan biri boʻlib qolmoqda. Mamlakatda ishsizlik darajasi 23% dan ortiq va aholisining qariyb yarmi qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydi. Bularning barchasi ortida turgan asosiy omil Afgʻonistonda davom etayotgan urush boʻlib, bu nafaqat yirik xorijiy sarmoyadorlarning investitsiyasini va yordamlarni yetkazib berishni toʻxtatibgina qolmay, balki butun aholi salomatligiga ham taʼsir qiladi. Afgʻoniston iqtisodiyotini yaxshilash uchun uzoq vaqtdan beri chet el investitsiyasini qidirib keladi. NATO Afgʻonistondan chiqib ketganidan soʻng, Qoʻshma Shtatlardagi Biden maʼmuriyati Afgʻonistonning 9,5 milliard dollarlik aktivlarini musodara qilishga qaror qildi.
Afgʻonistonning milliy valyutasi afgʻoni (AFN) boʻlib, uning kursi 1 AQSh dollariga 88 afgʻonini tashkil qiladi. Afgʻonistonning markaziy banki Da Afgʻoniston bankidir. Mamlakatda bir qator mahalliy banklar, jumladan Afgʻoniston xalqaro banki, Azizi Bank, New Kabul Bank va Pashtany Bank faoliyat yuritadi. Afgʻonistonda xorijiy valyutalardan foydalanish rasman taqiqlangan. Kriptovalyutadan foydalanish ham hukumat tomonidan taqiqlangan.
Iqtisodiy tarixi Afgʻonistonda amir Abdurahmonxon (1880—1901) va uning oʻgʻli Habibulloxon (1901—1919) hukmronlik qilganda savdo-sotiqning katta qismi hukumat nazoratida edi. Bu monarxlar davlat hokimiyati hamda harbiy salohiyatini oshirishga intilgan, shuning uchun davlat monopoliyalarida tovarlarni sotish hamda yuqori soliqlarni oʻrnatish orqali pul yigʻishga harakat qilgan. Bu oʻsha davrda Afgʻonistonning uzoq muddatli rivojlanishini sekinlashtirdi. Gʻarb texnologiyalari va ishlab chiqarish usullari afgʻon hukmdori buyrugʻi bilan joriy etildi, lekin umuman olganda, bu tadbir ham faqat oʻsib borayotgan armiyaning moddiy-texnik talablariga muvofiq holda joriy etilgan. Qurol va boshqa harbiy materiallar ishlab chiqarishga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu jarayon afg‘on podshohlari tomonidan Kobulga taklif qilingan oz sonli xorijiy mutaxassislar qo‘lida edi. Bundan tashqari holatlarda, o‘sha davrda afg‘on bo‘lmaganlar, xususan, g‘arbliklarning Afg‘onistonda yirik korxonalar qurishlari mumkin emas ediAsian Affairs Journal, Making Money in Afghanistan: The First Western Entrepreneurs 1880-1919 , Vol 3, 2012..
Mustaqillikdan keyingi davrda Da Afgʻoniston banki paxta yetishtirishni kuchli moliyalashtirdi; bir vaqtlar mamlakatning Qunduz viloyatidagi Spinzar Cotton kompaniyasi dunyodagi eng yirik paxta yetkazib beruvchilardan biri boʻlib, paxtaning asosiy qismi Sovet Ittifoqiga eksport qilinar edi. Afgʻonistondagi mevalar asosan Britaniya nazoratidagi Hindistonga eksport qilingan.
Zamonaviy davrda Afgʻoniston iqtisodiyotini rivojlantirishning birinchi koʻzga koʻringan rejasi 1952-yilgi Helmand Valley Authority loyihasi boʻlib, u AQShning Tennessee Valley Authority loyihasining namunasi edi va mamlakatda asosiy iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlishi kutilgan ediReport on Development of Helmand Valley, Afghanistan, 1956, Tudor Engineering Company. 1950-yillarda Afgʻonistonda ishlagan amerikalik pudratchi Glenn Foster afgʻon xalqi haqida shunday degan:
Afgʻoniston 1979-yilgi Sovet istilosi paytida ogʻir iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi va undan keyingi fuqarolar urushi mamlakatning cheklangan infratuzilmasining koʻp qismini vayron qildi hamda iqtisodiy faoliyatning normal shakllarini buzdi. Oxir-oqibat, Afgʻoniston anʼanaviy iqtisodiyotdan markazlashtirilgan rejalashtirilgan iqtisodiyotga oʻtdi va 2002-yilgacha bu yoʻl erkin bozor iqtisodiyotiga almashtirildi. Yalpi ichki mahsulot 1980-yillardan beri savdo va transport tizimining notekis rivojlanishi, shuningdek, ishchi kuchi va kapitalning yoʻqolishi tufayli sezilarli darajada kamaydi. Ichki nizolarning davom etishi mamlakatni qayta tiklash yoki xalqaro hamjamiyatning Afgʻonistonga yordam taqdim etishi boʻyicha ichki harakatlariga jiddiy toʻsqinlik qildi.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, Afgʻoniston iqtisodiyoti 2004-yilning mart oyida yakunlangan moliyaviy yilda 20 foizga oʻsgan, keyingi 12 oy ichida 30 foizga oʻsgan. Oʻsish, asosan, xalqaro yordam va qurgʻoqchilikning tugashi bilan bogʻliq boʻlgan. 2002-yildan 2021-yilgacha Afgʻonistonga milliardlab dollar xalqaro yordam kirdi, biroq uning katta qismi harbiy yordam edi. 2003-moliya yilida 4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan YaIM XVJ tomonidan afyun ishlab chiqarishdan tushgan tushumni qoʻshgandan keyin qayta hisoblab chiqilganda 6,1 milliard dollarga yetgan. 2010-yilda mamlakatda bitiruvchilarning oʻrtacha ish haqi bir kishi-soat uchun 0,56 dollarni tashkil etdi. Afgʻonistonni 2026-yilga kelib bug‘doy, guruch, parrandachilik va sut mahsulotlari yetishtirish bilan o‘zini o‘zi taʼminlashi kutilmoqda.
Yaqinda Tolibon hukumatining qayta tiklanishi Afgʻonistonga xalqaro taraqqiyot yordamini vaqtincha toʻxtatib qoʻyilishiga olib keldi. Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ham oʻsha davrda toʻlovlarni toʻxtatdi. Shu munosabat bilan Tolibonning bosh rahbari Haybatulloh Oxundzoda shunday dedi: „Qachonki, Afgʻoniston xalqi birgalikda ishlasa va chet el yordamiga tayanmasa, mamlakat iqtisodiyoti qayta quriladi“. Biden maʼmuriyati Afgʻoniston markaziy bankiga tegishli 9 milliard dollarga yaqin aktivlarni muzlatib qoʻydi, natijada Tolibon moddiy tomondan toʻsqinlikka uchradi. Soʻnggi suv toshqini, zilzila va ocharchilik butun mamlakat boʻylab koʻplab afgʻonlar uchun yanada salbiy iqtisodiy vaziyatni yuzaga keltirdi.
Dehqonchilik va chorvachilik Qishloq xoʻjaligi Afgʻonistonning eng muhim bandlik manbai boʻlib qolmoqda: Afgʻoniston aholisining 60–80 foizi shu sektorda ishlaydi, biroq sugʻorish tizimining yetarli darajada taraqqiy etmaganligi, qurgʻoqchilik, bozorga chiqish imkoniyati yoʻqligi va boshqa tuzilmaviy toʻsiqlar tufayli u YaIMning uchdan bir qismidan kamrogʻini tashkil qiladi. Aksariyat afg‘on dehqonlari asosan oʻzi uchun mahsulot yetishtiruvchi dehqonlardir. left|thumb|200x200px| Kobuldagi qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi, 2009-yil left|thumb|200x200px| Afgʻonistonning Osiyoda mashhur boʻlgan anorini (anaar) qayta ishlayotgan ishchilar left|thumb|200x200px| Afgʻon uzumlari Afgʻonistonda 2018-yilda yetishtirilgan mahsulotlar:
3,6 million tonna bugʻdoy; 984 ming tonna uzum (dunyoda 18-oʻrinda); 615 ming tonna kartoshka; 591 ming tonna sabzavot; 381 ming tonna tarvuz; 352 ming tonna guruch; 329 ming tonna poliz mahsulotlari; 217 ming tonna olma; 150 ming tonna piyoz; 106 ming tonna makkajoʻxori; 56 ming tonna arpa; 47 ming tonna shaftoli;
Boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ham kamroq miqdorda yetishtiriladi.
Afgʻonistonda hozirda yiliga taxminan 1,5 million tonna yangi meva yetishtiriladi va bu koʻrsatkichni sezilarli darajada oshirish mumkin. Mamlakat eng yaxshi mevalar, ayniqsa, anor va uzum, shuningdek, shirin qovun va tut mevalarini yetishtirish bilan mashhur. Afgʻonistonda yetishtiriladigan boshqa mevalar orasiga olma, o'rik, olcha, anjir, apelsin, shaftoli, nok, qulupnay ham kiradi. Fermer xo‘jaliklari soni muttasil ortib borishi bilan birga mamlakatda issiqxonada sabzavot yetishtirish ham kengaymoqda.
Afg‘onistonning shimoliy va g‘arbiy viloyatlari qadimdan pista yetishtirish bilan mashhur. Soʻnggi yillarda janubiy viloyatlardagi fermerlar Amerika pista daraxtlarini yetishtirishni boshladilar. Mamlakat sharqidagi viloyatlar, xususan Xust va Paktio qaragʻay yongʻoqlari bilan mashhur. Shimoliy va markaziy viloyatlar bodom va yong'oq bilan mashhur. Afgʻonistonning markaziy qismidagi Bomiyon viloyati yuqori sifatli kartoshka yetishtirish bilan mashhur boʻlib, 2020-yilda 370 000 tonna kartoshka yetishtirgan. Nangarhor, Kunar va Lagmon mamlakatdagi yirik apelsin va limon fermalarini topish mumkin boʻlgan viloyatlardir. Nangarhorda zaytun, yeryong'oq va xurmo yetishtiriladigan fermalar ham bor. Bu mahsulotlarni yetishtirish mamlakatning boshqa viloyatlariga ham tarqalgan. Mahalliy aholining baʼzilari soʻnggi paytlarda Hilmand va Balx viloyatlarida oz sonli banan koʻchatlarini ekishgan.
Bugʻdoy va don yetishtirish Afgʻonistonning anʼanaviy qishloq xoʻjaligi tarmogʻi hisoblanadi. Mamlakat g‘alla yetishtirishda o‘zini o‘zi taʼminlay olishga yaqin turibdi. Oʻzini taʼminlash uchun unga qoʻshimcha 1–3 million tonna bugʻdoy kerak boʻladi, bu esa yaqin kelajakda amalga oshishi kutilmoqda. thumb| Afgʻonistonning yangi va quritilgan mevalaridan namunalar thumb| Nangarhor viloyatidagi Jalolobod yaqinida joylashgan Kobul daryosi Afgʻonistonda chorvachilik asosan qoramol, qoʻy va echkilardan iborat. Mamlakatning issiq hududlarida parrandachilik keng tarqalgan.
Afgʻonistondagi ekin maydonlari 7,5 million gektardan ortiq ekanligi maʼlum qilingan. 2015-yilda bugʻdoy yetishtirish taxminan 5 million tonnani tashkil etdi, pitomniklar 119 000 gektar yerni egalladi, uzum yetishtirish esa 615 000 tonnani tashkil etdi. 2012-yilda bodom yetishtirish 56 ming tonnaga, paxta yetishtirish 45 ming tonnaga ko‘tarilgani xabar qilingan edi. Afgʻonistonda 8100 gektar (20 ming akr) qishloq xoʻjaligi yerlari zafaron yetishtirish uchun ishlatiladi, bunday yerlar mamlakatning gʻarb, shimol va janubida joylashgan.
Oʻrmon xoʻjaligi 2010-yilgi hisobotga koʻra, Afgʻonistonning atigi 2,1% (yoki 1,350,000 ga) qismi oʻrmon bilan qoplangan. So‘nggi yillarda Afg‘oniston bo‘ylab shaharlarda ko‘chat o‘tqazish bo‘yicha muayyan ishlar yoʻlga qo‘yildi. Hatto Tolibonning yetakchisi ham ko‘proq daraxt ekishga chorlagan. Milliy miqyosda daraxt kesish noqonuniy etib belgilangan.
Baliqchilik Afgʻoniston dengizga chiqa olmaydi, fuqarolari okeanga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniga ega emaslar. Mamlakatda bir qancha suv omborlari, koʻllar, hovuzlar, daryolar va soylar mavjud boʻlib, ular baliq yetishtirish uchun qulay iqlim sharoitiga ega. Tarixiy jihatdan zamonaviy baliq fermalari mavjud emasligi sababli baliq afgʻon ratsionining kichikroq qismini tashkil qilgan. Baliqchilik bilan faqat koʻl va daryolarda, xususan Amu, Hilmand va Kobul daryolarida shugʻullanish mumkin. Ko‘plab baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etilishi tufayli baliq isteʼmoli keskin oshdi. Mamlakatda ularning 2600 dan ortigʻi bor. Eng yiriklari milliy suv havzalarida joylashgan boʻlib, ular kichik baliq xoʻjaliklarini baliq tuxumlari bilan taʼminlaydi.
Savdo va sanoat