Gidi Kanyuk ( 1993-yil 11-fevralda tugʻilgan) – isroillik professional futbolchi, Isroil Premyer-ligasidagi „Hapoel Xayfa“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati Gidi faoliyatining dastlabki davrlarida Isroilning Petah Tikva shahrining „Makkabi“ klubi yoshlar jamoasida oʻynagan. 2011—2017-yillar davomida ushbu klubning asosiy jamoasida oʻynab, jami 147 ta oʻyinda 19 ta gol urgan. 2017-yilning iyul oyida u Oʻzbekistonning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Paxtakor jamoasi safida 14 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 2018-yilning yanvarida Kanyuk „Paxtakor“ jamoasi tomonidan Tel-Avivning „Makkabi“ jamoasiga olti oyga ijaraga berilgan. Yozgi transfer oynasida „Petax Tikva Makkabi“ jamoasiga ijaraga berilgan. Ijara muddati yakunlangach, „Paxtakor“ klubi tarkibiga qaytgan. 2019-yil 2-avgustda „Paxtakor“ jamoasi bilan xayrlashgan.

2010 va 2011-yillarda Isroil yoshlar terma jamoasida oʻynagan. Kanyuk Isroil U18 yoshlar terma jamoasi tarkibida 12 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan, 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi tarkibida esa toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan.

Shaxsiy hayoti Kanyuk Isroilning Ramat Gan shahrida ashkenazi yahudiy oilasida tugʻilgan.

Manbalar

Havolalar

Gidi Kanyuk Transfermarkt saytida

Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Isroillik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Maccabi Petah Tikva F.C. futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Maccabi Tel Aviv F.C. futbolchilari Turkum:Hapoel Haifa F.C. futbolchilari Turkum:Hapoel Ramat Gan Givatayim F.C. futbolchilari Turkum:Buriram United F.C. futbolchilari Turkum:Nakhon Ratchasima F.C. futbolchilari Turkum:Chonburi F.C. futbolchilari Turkum:Tailand 1 ligasi futbolchilari Turkum:Isroil Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari